Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/97
tarix20.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#133087
növüУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
12740 2 8C3DF8C9FBA2BAD90DEF72237DD93262E7235739

Takrorlash uchun savollar: 
1. 
Asosiy transport guruhlari nimalardan ajralib turadi ? 


48 
2. 
Transport logistikasi qanday vazifalarni bajaradi? 
3. 
Qanday transport turlarini bilasiz? 
4. 
Konteyner terminallarining vazifasi nimada? 
5. 
Tashuvchilar uchun aloqa tizimlari qanday? 
6. 
Logistika transport tizimiga qanday ta'sir qiladi? 
7. 
Transport xizmatlari sifatining asosiy ko'rsatkichlari qanday? 
5-mavzu. LOGISTIKA TIZIMIDA ZAHIRALARNI 
BOSHQARISH 
5.1. Moddiy vositalar zaxiralari tushunchalari 
5.2. Moddiy zaxiralarni barpo etishning zaruriyati 
5.3. Zaxiralar funktsiyalari 
5.4. Moddiy vositalar zaxiralarining turlari 
5.5. Zaxira xolati nazorat tizimining asosiy ko’rsatkichlari 
 
5.1. Moddiy vositalar zaxiralari tushunchalari 
Moddiy 
vositalar 
zaxiralari 
tushunchasi 
logistikadagi 
muammolardan hisoblanadi, tabiatdan olingan xomashyo tayyor 
buyum sifatida oxirgi iste’molchiga qadar yetib borguncha u 
ko’chiriladi, boshqa moddiy vositalar bilan birlashadi, hamda ishlab 
chiqarish yuzasidan ishlanadi. 
Moddiy vositalarni o’tkazish yo’llarining zanjirlari bo’yicha 
harakatlanib, xomashyo (keyinchalik yarim tayyor mahsulot va tayyor 
mahsulot) ma’lum davrlarda ushlab qolinib u yoki bu ishlab chiqarish 
yoki logistik jarayonlarga kirish uchun navbati bilan saqlab turiladi. 
Umum tarzdagi ifodalanish quyidagilardan iborat: moddiy 
vositalar zaxiralari – bu ishlab chiqarish va muomalaning har xil 
bosqichlaridagi ishlab chiqarish texnika sohasidagi mahsulotlar, xalq 
iste’moli buyumlari va boshqa tovarlar bo’lib, shaxsiy yoki ishlab 
chiqarish iste’moli bo’yicha jarayonlarga kirishi uchun turgan 
navbatdagi mahsulotlardir. 
Agar ishtirokchilar zanjirini boshlang’ich xomashyoni xalq 
iste’moli buyumiga aylantirish ta’minlanib va bu buyumlarning 
siljishiga erishilsa, u holda jarayon yagona mexaniq konveyer singari 
ishlab, kutish davri amalda nolga teng bo’lardi. Biroq haqiqiy hayotda 
bunday bo’lmaydi. 


49 
Zaxiralarni barpo etish hamma vaqt xarajatlar bilan bog’liq. 
Zaxiralarni barpo etish va ularni saqlab turish bilan bog’liq 
bo’lgan asosiy xarajatlarni sanab o’taylik: 
-to’xtatilgan moliya vositalari; 
-maxsus uskunalar bilan jihozlangan binolarni saqlab turish uchun 
xarajatlari;
-maxsus xodimlarning mehnatiga to’lanadigan ish haqi; 
-doimiy ravishda isrofgarchilik, o’g’irlanish yuzasidan bo’ladigan 
xavf-xatarlar. 
Zaxiralarning mavjudligi bu xarajatlardir. Shu bilan birgalikda 
zaxiralarning bo’lmasligi ham xarajatlar bo’lib, turli xilda 
ifodalanadigan zararlardir. Zaxiralarning bo’lmasligi bilan bog’liq 
bo’lgan asosiy zararlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
-ishlab chiqarishning to’xtaganligi sababli bo’ladigan zararlar; 
-talab qilingan paytda tovarning omborda bo’lmasligi sababli 
vujudga keladigan zararlar; 
-kichik to’plamdagi tovarlarning ancha yuqori qiymatda sotib 
olish yuzasidan vujudga kelgan zararlar. 
Zaxiralarni sanab turish ma’lum darajadagi xarajatlar bilan 
bog’liq bo’lganligiga qaramasdan, tadbirkorlar ularni barpo etishga 
majburdirlar, chunki zaxiralarning bo’lmasligi
foydaning ko’proq 
qismini yo’qotishga olib keladi. 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin