Tajriba ish №2 Mavzu: Massivlardan foydalanib dasturlash Ishdan maqsad



Yüklə 82,32 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü82,32 Kb.
#177125
  1   2   3   4
2-Tajriba ishi


Tajriba ish №2
Mavzu: Massivlardan foydalanib dasturlash
Ishdan maqsad. Massivlar va ular ustida amallar bajarish ko’nikmalarini oshirish. Dasturini tuzish.
Nazariy qism.
Matematika, iqtisod va informatika fanlarida ma’lumotlarning tartiblashgan to`plamlari bilan masalan sonlarketma-ketligi, jadvallar, familiyalar ro‘yxati bilan ish olibborishga to’g’ri keladi. Bunda odatda har bir to‘plamga bir xiltoifadagiqiymatlar yig`iladi. Ana shunday ma’lumotlar ustida amallar bajarish uchun massiv tushunchasi kiritilgan.
Massiv – bu bir toifadagima’lumotlarning tartiblangan chekliketma-ketligidir. Massivga kiruvchi ma’lumot uning elementlarideb yuritiladi va u massiv nomi va indeksi (massivda tutgan o`rni) bilan belgilanadi. Elementlarindekslari bo`yicha tartiblangan. Masalan: 1 dan 10 gacha butun sоnlar kеtma-kеtligi bеrilgan bo`lsin, bu kеt-kеtligini massiv sifatida qarash mumkin.
Massiv elementlarining toifasi bazaviy yoki murakkab tip bo’lishi mumkin.
Masalan:a=(a1,a2,a3,….,an);
bu erda a- massiv nomi.
a1,a2,a3,….,an- massiv elementlari
1,2,3,……, n- elementlar indeksi.
Indeks elementning tartiblangan ketma-ketlikdagi o’rnini bildiradi va u [ ] qavs ichida ko’rsatiladi.
Masalan: a[1]=1.5; b[10]=15; a[4]=-1 va h.k.
Umumiy holatda a[i] yoki b[j]
Java da massiv indekslari 0 dan boshlanadi.
Massivlarni ishlatishda oldin ularni e’lon qilish lozim. Massivni e’lon qilish quyidagicha bo’ladi:
[];
Masalan: int a[20], y[5];
bu erda a 20 ta butun sonlardan iborat bir o’lchovli massiv. Indeks har doim 0 dan boshlanadi. Demak, a[0], a[1], …,a[19];
y esa 5 ta butun sondan iborat bir o’lchovli massiv. y[0], y[1],..y[4].
double b[10]-10 ta haqiqiy sonlardan iborat massiv. b[0], b[1],….,b[9];
Misol1: Bir o`lchamli massivni kiriting va uni ekranga chiqaring.
Massiv bir nechta elementlardan iborat bo’lganligi uchun uni kiritish va chiqarish sikl orqali amalga oshiriladi. Dastlab massiv elementlari soni kiritiladi. Ikkinchi qatorda massiv elementlarining qiymatlari kiritiladi.



Yüklə 82,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin