Masala-08. Kiritilgan K butun musbat sonining o'ng tarafiga (oxiriga) R raqamini (1 <= R <= 9) qo’shuvchi AddRightDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya prototipi quyidagicha bo'lishi mumkin:
int AddRightDigit (int *son, int raqam);
Masala-09. Kiritilgan K butun musbat sonining chap tarafiga (boshiga) R raqamini (1 <= R <= 9) qo'shuvchi AddLeftDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya prototipi quyidagicha bo'lishi mumkin:
void AddLeftDigit (int *son, int raqam);
Masala-10. Ikkita sonning qiymatini almashtinjvchi Swap nomli funksiya hosil qiling. Swap funksiyasi orqali A, B, C, D sonlaridan (A, B), (D, C) juftliklarining qiymatlarini almashtiruvchi programma tuzilsin.
Funksiya prototipi quyidagicha bo'lishi mumkin:
void Swap (int*, int *);
Masala-11. X va Y sonlaridan kichigini X ga va kattasini Y ga yozuvchi Minmax(X, Y) funksiyasini hosil qiling. Minmax funksiyagini 4 marta chaqish orqali a, b, c, d butun sonlaridan kattasini va kichigini aniqlovchi programma tuzilsin.
void Minmax(int *, int *);
Masala-12. A, B, C sonlarini o'sish tartibida joylashtiruvchi SortInc3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng kichik va C ning qiymati eng katta bo'lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang.
Void SortInc3(int*, int*, int*,);
Masala-13. A, B, C sonlarini kamayish tartibida joylashtiruvchi SortDec3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday almashtiringki, natijada A ning qiymati eng katta va C ning qiymati eng kichik bo'lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang.
Void SortDec3(int*, int*, int*,);
Masala-14. Chapga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftLeft3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. Ya’ni C ning qiymati B ga, B ning qiymati A ga, A ning qiymati C ga o’tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2)sonlarini siljiting.
void ShiftLeft3(int*, int*, int*,);
Dostları ilə paylaş: |