Tajriba mashg’uloti №4



Yüklə 479,96 Kb.
səhifə1/9
tarix20.11.2023
ölçüsü479,96 Kb.
#163461
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tajriba ishi 4

Tajriba mashg’uloti №4


Mavzu: Taqdimot materiallarini tayyorlash amaliy dasturlari paketi POWER POINT Tayanch iboralar: PowerPoint, taqdimot, slayd, prezentatsiya, animatsiya, doklad, konspekt, ovoz, video, effekt

PowerPoint dasturi to’g’risida umumiy ma‘lumot


Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarkatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaqlida bitta faylda saqlanadi.
Slayd - bu prezentatsiyaning alohida kadri bo’lib, uz ichiga matnni, sarlavxalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Tarkatiladigan material - qulay shaqlda bosib chikarilgan va tanishish uchun mo’ljallangan materiallar.
Dizayn kolipi - professional tomonidan oldindan tayyorlab quyilgan grafiklar, buyoklar, jilolar, tovushlar namunasi bo’lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo’ljallangan.
Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashkil topgan to’plam bo’lib, prezentatsiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.
Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu dastur yordamida slaydlarni kullab ma‘ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, kogozlarga, 35 mm. li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarkatish uchun ma‘ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin.
Faraz kilaylik, bizning firmamiz uz maxsulotlarini buyurtmalarga tavsiya etmokchi. Albatta buning uchun maxsulotingiz to’g’risida kizikarli gaplar aytishimiz kerak bo’ladi, ya‘ni ko’pdan beri bozorda ishlayotganimiz ichki va tashki firmalar bilan aloqa kilayotganimiz: ishlarimizning rivojlanishi to’g’risida va xokazo. Boshqaga qilib aytganda, biz ishonchli va salmokli sherik ekanimiz, ish jarayonida biz va buyurtmachilar orasida xech qanday muammolar yuzaga kelmasligi to’g’risida auditoriyada ishonch hosil bo’lishi kerak.

Yüklə 479,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin