Tajriba mashg`uloti N-7
Triggerlar va registrlarni tadqiq qilish.
Triggerlarni informatsiyani qabul qilish usuli, qurilish printsipi, hamda funktsional imkoniyatlari bo`yicha sinflash mumkin.
Ma`lumotni qabul qilish bo`yicha: asinxron va sinxron triggirlar mavjudа. Asinxron triggerlar informatsion kirishlarida signallarning paydo bo`lish momentida o`z reaktsiyalariíè ko`rsatadi. Sinxron triggerlar esa sinxron signal kirishi S dagi boshqaruvchi impul's signali mavjud bo`lgandagina informatsion kirishlardagi signallarga o`z reaktsiyalarini bildiradilar.
Sinxron triggerlar o`z navbatida S kirish orqali boshqariladigan statik va dinamik turlarga bo`linadi. Statik boshqarishli triggerlar informatsion kirishlardagi signallarni S kirishiga "1" yoki "0" signallari berilgandagina qabul qila oladi. Dinamik boshqarishli triggerlar esa informatsion kirishlardagi signallarni S kirishdagi signal "0" dan "1" ga o`zgarganda yoki "1" dan "0" ga o`zgarganda qabul qila oladi.
Statik triggerlar bir bosqichli va ikki bosqichli turlarga bo`linadi. Bir bosqichli triggerlar informatsiyani saqlashning bir bosqichi, ikki bosqichli triggerlar esa informatsiyani saqlashning ikki bosqichi mavjudligi bilan xarakterlanadi. Dastlab informatsiya birinchi bosqichga yoziladi, keyin ikkinchi bosqichga ko`chirib o`tkaziladi va iformatsiya trigger chiqishida paydo bo`ladi.
Funktsional imkoniyatlarga ko`ra triggerlar quyidagi turlarga bo`linadi:
. «0» va «1» xolatlarga aloxida-aloxida o`rnatiladigan triggerlar (RS-trigger);
. kirish bo`yicha informatsiyani qabul qiluvchi triggerlar (D-trigger yoki kechiktirish triggeri);
. sanoqli kirishga ega triggerlar (T-trigger);
. J va K informatsion kirishli universal triggerlar (JK-trigger).
. Diskret elementlar asosida qurilgan simmetrik triggerning elektr sxemasi 7-rasmda keltirilgan.
Q(t)=0 holda: R=1, S=0 bo`lsa Q(t+1)=0 bo`ladi,
Q(t)=1 holda: R=1, S=0 bo`lsa Q(t+1)=0 bo`ladi,
Q(t)=0 hilda: R=0, S=1 bo`lsa Q(t+1)=1 bo`ladi.
Q(t)=1 holda: R=0, S=1 bo`lsa Q(t+1)=t bo`ladi,
Bu triggerning ishlash jadvali quyidagicha:
S
|
R
|
Q(t+1)
|
0
|
0
|
Q(t)
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
Mumkin emas
|
RS-triggerining quyidagi turlari mavjud: asinxron RS-triggeri, teskari kirishli asinxron RS-triggeri va sinxron RS-triggeri.
Xisoblash texnikasida keng qo`llaniladigan triggerlarning ichki strukturasi, sxematik belgisi va ishlash printsipi 1-jadvalda keltirilgan.
Ikki bosqichli universal JK-triggerining printsipial sxemasi 7.2-rasmda ko`rsatilgan.
7.2-rasmda
Dostları ilə paylaş: |