Tajriba-sinov ishlarining natijalari Tajriba-sinov ishlarining natijalarini tahlil qilar ekanmiz, Tеrmiz shaxridagi 15 - maktabgacha ta'lim muassasasida katta guruhda Loy va plastilindan o‘yinchoq yasash asosida oldimizga qo’ygan maqsad va kutilgan natijaga erishdik. Har bir mashg’ulotni kuzatib, tahlil qilib. Bolalar o‘zlari bajargan ishlarning qo‘llanishini ko‘rishlari yaxshi natija beradi. Masalan, ular dekorativ kapalaklar yasashgan, har bir bola uni o‘zicha tayyorlagan va angoblar bilan bo‘yagan bo‘lsa, kapalaklar pishirilgach, ulardan stendda yoki devorda chiroyli ornament tuziladi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalariniloy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqning tarbiyaviy ahamiyati rang-barang va ko‘p qirralidir.O‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga katta ta’sir ko‘rsatadi.U bolaga shunchalik yaqinki, bola o‘zi yasagan o‘yinchoqlarini sevadi, ularga bog‘lanib qoladi, shu tufayli o‘zini atrofdagi hayotning to‘laqonli a’zosi deb hisoblaydi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalarini o‘yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradi. O‘yinchoq kichkintoy uchun ranglarni, buyumlar ko‘lamini, ularning materiallarini farqlash malakasini rivojlantirish uchun kerak. O‘yinchoqlarning bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati katta.
O‘yinchoqlar bolaga kattalarning qiziqarli bo‘lgan dunyosini o‘zlashtirishga, turli xil buyumlarning xususiyatlari va sifatlari, ularning turlmushda va kishilarning mehnat faoliyatida ishlatilishi bilan tanishishiga yordam beradi. Tarbiyachi o‘yinchoq orqali bolalarda qiziqishni shakllantirishi, topqirlik va ijodiylikni rivojlantirishi mumkin. Bundan tashqari loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar bolalarning aqliy rivojlanishiga, sensor qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi, tahlil qilish, bir butun holga keltirish va umumlashtirishda mashqlantiradi. Ulardan taqqoslash, tavsiflashda ham foydalanish mumkin. Bunday o‘yinchoqlar bolalarda nutqiy faollikni uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, diqqatning jamlanishi va barqarorlikning rivojlanishiga yordam beradi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalarini loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar bilan o‘ynash bolalarda avaylashni, e’tiborlilikni, mehribonlik va nafosatni uyg‘otadi, ijobiy axloqiy kechinmalar tajribasini to‘plashga yordam beradi.
Xilma-xil o‘yinlar bolalarni tengdoshlari, birmuncha kichik va katta yoshli do‘stlari bilan o‘yinda birgalikda o‘ynashga undaydi va olijanob hislarning mustahkamlanishiga yordam beradi.
San’atning birinchi va eng tushunarli buyumi bo‘lmish loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoq bolada estetik hislar va kechinmalar uyg‘otadi, estetik tajribaning to‘planishiga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Jumladan, dovrug‘i keng taralgan loydan yasalgan xushtakchalar, qayrilma shoxli qo‘ylar, Hamro buvi o‘yinchoqlari kabi bir qator o‘yinchoqlar mayinligi va hoshiyalarining nafisligi, afsonaviy bezagi bilan ko‘zni quvontiradi.
Tajriba-sinov ishlarining natijalarini loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlardan hozirgi zamon bolalari o‘yinlarida ham foydalanish davom etmoqda. To‘g‘ri, loydan yasalgan o‘yinchoqlar birmuncha kam qo‘llaniladi, biroq ular bolalar hayotida bolalar muassasalari interyerining dekorativ elementi, bolaning estetik idrokini shakllantiruvchi, uning tasviriy faoliyatini rivojlantiruvchi material sifatida o‘z o‘rnini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3289-sonli Qarori,
shuningdek, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707- sonli qarori, hamda2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli qaroridagi zamonaviy talablar asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini qayta tayyorlash jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda tarbiyachilarning kasbiy kompetentligi bilan bir qatorda huquqiy savodxonligini ham muntazam oshirib borishni nazarda tutadi. SHu bilan bir qatorda maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarning asosi bo‘lgan huquqiy- me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini ochib beradi.