Takrorlanuvchi algoritm deb, biron bir shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har
xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.
Shunday jarayonlar ham borki, ularning ayrim bo‘laklari bir necha marta takrorlanadi. Masalan, biror fandan test topshira olmagan, ya’ni “qoniqarsiz” baho olgan o‘quvchi toki testdan “qoniqarli” baho olgunga qadar fanga oid mavzularni qayta-qayta o‘qishiga, testga tayyorlanishiga to‘g‘ri kelsa, 9!=1*2*3*4*5*6*7*8*9 ifodani hisoblash uchun esa 8 marta ko‘paytirish amalini bajarishga to‘g‘ri keladi.
Takrorlanuvchi algoritmlar “ I := I + 1 ”, “ S := S + I ” yoki “ P := P * I ” ko‘rinishidagi ko‘rsatmalarning ishtiroki bilan ajralib turadi (* – ko‘paytirish amali). Bunday ko‘rsatmalarning mazmunini tushunish uchun takrorlanishning bir nechta qadamini ko‘rib chiqish lozim.
Odatda yig‘indi uchun boshlang‘ich qiymat (inglizchadan SUMM, ya’ni yig’indi ma’noli so’zning bosh harfi) S:=0 va ko‘paytma uchun (inglizchadan PRODUCT, ya’ni ko’paytma ma’noli so’zning bosh harfi) P: = 1 deb olinadi, chunki bu qiymatlar, ya’ni 0 va 1 lar, mos ravishda, yig‘indi va ko‘paytmaning natijasiga ta’sir etmaydi:
1-qadam: I := 1 bo‘lsin, u holda S := S + I = 0 + 1 = 1, P := P * I = 1 * 1 = 1;
2-qadam: I := I + 1 = 1 + 1 = 2, S := S + I = 1 + 2 = 3, P := P * I = 1 * 2 = 2;
3-qadam: I := I + 1 = 2 + 1 = 3, S := S + I = 3 + 3 = 6, P := P * I = 2 * 3 = 6; 4-qadam: I := I + 1 = 3 + 1 = 4, S := S + I = 6 + 4 = 10, P := P * I = 6 * 4 = 24. Hisoblash jarayonining ko‘p marta takrorlanadigan qismi ichki sikl tanasi (jismi) deb yuritiladi. Takrorlanadigan harakat (ko‘rsatma)larni amalga oshirish uchun sikl yoki takrorlash buyruqlari deb nomlangan maxsus algoritmik tuzilmalar mavjud. Takrorlanish tuzilmalari bir necha ko‘rsatmalar guruhining ko‘p marta bajarilishini ta’minlaydi. Bu tuzilmalar 41-betdagi
jadval ko‘rinishlarida o‘rin olgan.
Shart oldin tekshiriluvchi (toki) takrorlanuvchi algoritmlarda avval shart tekshiriladi, so‘ngra, agar shart qanoatlantirsa (rost bo‘lsa), sikl tanasi bajariladi, aks holda hisoblash to‘xtatiladi.
Shart keyin tekshiriluvchi (gacha) takrorlanuvchi algoritmda avval sikl tanasi bajarilib, so‘ngra sikldan chiqish sharti tekshiriladi, ya’ni sikl tanasi qo‘yilgan shart bajarilib bo‘lguncha takrorlanaveradi.
Shart oldin tekshiriluvchi va shart keyin tekshiriluvchi sikllar birgalikda iteratsion sikllar hisoblanadi.
Takrorlanuvchi jarayonlarga oid misollarni ko‘rib chiq
misol. Tasavvur qiling, klaviaturadan sonlar (1, 6, 8, 2,
–6, 76, 1, –5) kiritilmoqda. Birinchi kiritilgan manfiy son (–6) gacha
kiritilgan sonlar (1, 6, 8, 2) yig‘indisini hisoblash algoritmini tuzing.
Yechish. So‘zlar bilan ifodalangan algoritmda blok-sxema bilan mutanosiblikni ko‘rsatish uchun qavslar ichida izohlar berib boramiz. Yig‘indini S orqali, klaviaturadan kiritilayotgan sonni esa A orqali belgilab olamiz.
Demak, algoritmlarning chiziqli, tarmoqlanuvchi yoki takrorlanuvchi turlari mavjud ekan. Inson hayotida uchraydigan algoritmlar, asosan, shu uch turdagi algoritmlarning uzviy birligi sifatida namoyon bo‘ladi.