P D2 D D1 S2 S S1
P*
e
Q* Q
Nuqta e - talab va taklifning muvozanati.
1. Talabning oshishi (D - D1) muvozanatli narx (P*) va muvozanatli tovar miqdorini (Q*) ko’payishiga olib keladi.
2. Talabning kamayishi (D - D2) muvozanatli narx va muvozanatli tovar miqdorini pasayishiga olib keladi.
3. Taklifning ko’payishi (S - S1) muvozanatli narxning pasayishiga va muvozanatli tovar miqdorining ko’payishiga olib keladi.
4. Taklifning qisqarishi (S - S2) muvozanatli narxning ko’tarilishi va muvozanatli tovar miqdorining kamayishiga olib keladi.
Taklif (talab)ning egiluvchanligi - narx 1 foiz o’zgarganda taklif (talab) necha foiz o’zgarishini ko’rsatadi. Bu taklif (talab)ning narx bo’yicha o’zgaruvchanligi ham deyiladi. Taklif (talab) egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud:
Mahsulotlarning o’rnini bosuvchanligi.
Mahsulot qiymati (narx)ning iste'molchi daromadidagi salmog’i.
Mahsulotlarning iste'mol xususiyatlari.
Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oraligi qancha uzoq bo’lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo’ladi.
Talab (taklif) egiluvchanligi koeffitsiyenti
ASOSIY TUSHUNCHA VA IBORALAR
1. Talab tushunchasi.
2. Talab egri chizig’i.
3. Talab qonuni.
4. Giffen samarasi.
5. Taklif tushunchasi.
6. Taklif egri chizig’i.
7. Taklif qonuni.
8. Bozor muvozanati.
9. Talab egiluvchanligi.
10. Taklif egiluvchanligi.
a) Tovar narxi o’sishi bilan unga bo’lgan talab miqdori pasayadi.
b) To’lovga qobil ehtiyoj; bozorda kerakli miqdordagi pul bilan ta'minlangan ehtiyojni ifodalaydi.
c) Talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi bir-biriga teng bo’lgan holat.
d) Real iqtisodiy hayotda, ba'zan narxlar o’ssa ham ayrim tovarlarga talab ortishi mumkin.
e) Ishlab chiqaruvchilar bozorda sotishga chiqargan muayyan narxlarga ega tovarlar va xizmatlar miqdori.
f) Taklif miqdorining tovar narxiga bog’liqligini ifodalaydi.
j) Narx o’zgarishi ta'siri, talab miqdorining o’zgarishiga ta'sir etadi, ya'ni talab bilan narxning nisbiy o’zgarishini belgilaydi.
Narx o’zgarishiga ko’ra:
l) Tovarga bo’lgan talab miqdorining uning narxiga bog’likligini ifodalaydi (grafigi).
m) Tovar narxi o’sishi bilan uning miqdori ham o’sadi.
n) Taklif miqdorining nisbiy o’zgarishi narxning nisbiy o’zgarishiga nisbatligi sifatida yoki
Dostları ilə paylaş: |