Talab va taklif nazariyasi



Yüklə 191,6 Kb.
səhifə2/3
tarix13.09.2023
ölçüsü191,6 Kb.
#143020
1   2   3

TAKLIF

  • Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.
  • Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
  • Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma-xillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Masalan, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining , yaʼni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning o'rasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.

Yüklə 191,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin