Talab va taklif qonuniga ko’ra narx belgilash usullari reja Tal
TALAB VA TAKLIF QONUNIGA KO’RA NARX BELGILASH USULLARI
REJA:
1.Talab tushunchasiga ta’rif bering. 2.Talab qonuni nima? 3.Talab – iste`molchi ma`lum vaqtda narxlarning har bir darajasida. 4.XULOSA 5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori wrtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog`liqlikni ifodalaydi.
Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bwlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy kwrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta`minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta`minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta`minlanmasa, u «xohish», «istak» bwlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bwladi, chunki narx wzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham wzgaradi. Shu bog`liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta`rif berish mumkin: ma`lum vaqt oralig`ida, narxlarning mavjud darajasida iste`molchilarning tovar va xizmatlar ma`lum turlarini sotib olishga qodir bwlgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta`minlangan ehtiyojdir.
2.Talabning qanday turlari bor?
2. Talablar turlicha bwlib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bwlgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste`molchining, ya`ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bwlgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (kwpchilik) iste`molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bwlgan talablari yig`indisi bozor talabi deyiladi.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli kwrinishlari ajratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste`mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.
Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bwluvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning ywqligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bwlishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, twplangan talab.
Tovarga bwlgan talab kwplab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal kwrish, atrof-muhit, tovarlarni qwlga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, wzaro wrinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning wzgarishi va boshqalarning ta`sirida wzgarishi mumkin. Shunga kwra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida wzgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bwlgan omillar ta`sirida jamiyat ichida tarkib topgan talab
3.Taklif deb nimaga aytiladi? Taklif qonuni nima?
Ma`lum vaqt oralig`idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma`lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx wzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham wzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bwladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5—jadvalda kwrsatilgan.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini kwrsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning wzgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining twg`ri bog`liqlikdagi wzgarishi taklif qonuni deyiladi.
4.Bozor muvozanati deb nimagag aytiladi?
Bozor muvozanati — bozordagi tapab va taklifntg miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzok, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanati ni taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi.
Topshiriq 2
“Talab va Taklifga ta’sir etuvchi omillar” klasterini to’ldiring.
Kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi extimoli