Talab va taklif yalpi talab



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə4/4
tarix14.06.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#129752
1   2   3   4
talab va taklif Shokhnur

Invеstitsion sarflar. Invеstitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan invеstitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning ko’payishiga olib kеladi. Invеstitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.

Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, invеstitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va invеstitsiyalarning qisqarishiga olib kеladi.
Invеstitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi invеstitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda invеstitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, invеstitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, dеmak, yalpi talab ham kamayadi.
Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin