Talab va taklifning mos kelish xolati. Bozorning muvozanatga kel
2. Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zaro mos kelishlik darajasinibildiradi. Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rilgandagina yuzaga chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek: «…..ichki bozorda talab va taklif o’rtasidagi mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog’i o’rtasidagi nisbatni ta’minlash g’oyat katta rol o’ynaydi».
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o’zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini ta’minlash yo’llarini topish imkonini beradi.
3.Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan foydalaniladi:
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo’ladi.
To’liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’arishga qo’yish mumkin. Jamg’arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi.
Investitsion sarflarning ko’payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati. Investitsion sarflardagi o’zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o’zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko’rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o’zgarish iste’mol va jamg’arishda xuddi shunday yo’nalishda o’zgarish bo’lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
4. Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo qiladi.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo’lishi mumkin.
Makroiqtisodiy jarayon g’oyat murakkab va ko’p qirrali bo’lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko’p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.