Signallarga raqamli ishlov berish, signalni raqamlashtiish
Signallarning raqamli qayta ishlanishi signallarni diskret o’zgartirish va berilgan signallarni qayta ishlaydigan tizimlar bilan operatsiyalar bajaradi. Diskret o’zgartirishlarning matematikasi analogli matematikasi qa’rida hali 18-asrdayoq qatorlar teoriyasi doirasida va ularning funksiyalar interpolyatsiya va approksimatsiyasi uchun qo’llanilishida paydo bo’lgan, biroq tezlashgan rivojlanishga u 20-asrda, birinchi hisoblash mashinalari paydo bo’lganidan keyin ega bo’ldi. Umuman olganda, o’zining asosiy mazmunida diskret qayta ishlashning matematik apparati qayta ishlashi bo’yicha analogli signal va tizimlarga o’xshash. Lekin ma’lumotlar diskretliligi bu holatni hisobga olishni talab qiladi, va uning e’tiboga olinmasligi jiddiy xatoliklarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, diskret matematikasining qator metodlari analitik matematikada analoglarga ega emas. Oxirgi o’n yilliklarda hisoblash tehnikalari tez avj olib o’sib borayotgan jarayon hisoblanadi. Asosan xalq-xo’jaligi va barcha ilmiy o’rganish sohalarida malumotlarga raqamli ishlov berish amaliy usullariga o’tishi katta sakrash bo’ldi. Bularni xar xil hisoblash ya’ni kerakli o’rinlarda turuvchi signallarga raqamli ishlov berish (SRIB) tizimlari tehnikalarida qo’llash, keyingisi malumotlarni qayta ishlash jarayonida masofadan turib zondlashda foydalanish, med - biologik tadqiqotlarda, aerokosmik va dengiz kemalari qatnovi : aloqa, radiofizika, raqamli optika va bir qator raqamli sohalari masalalarini hal qilishda ishlatiladi. Signallarga raqamli ishlov berish (SRIB) – bu hisoblash tehnika (HT) larida tehnik sifatida va
dasturli vositalarda ko’chishlarni dinamik yozuvchisidir. Signallarga raqamli
ishlov berish uchun va shu sohaga tegishlilar xabarlar nazariyasidan foydalanadilar. Jumladan signalni optimal qabul qilish nazariyasidan va ko’rinishini bilish nazariyalari kiradi. Bu jarayonda asosiy vazifasi birinchidan fondagi shovqinlarni va tabiatdagi turli xil tovush signallarini belgilaydi, ikkinchidan signallarni sinflanishini, tenglashtirish va avtomatik aniqlashdan iborat. Signallarga ishlov berishni tasirini quyidagi tehnologiyalarida ya’ni telekommunikatsiya , raqamli TV va ovoz yozish, biometrika, mobil aloqa va videosistemalarda kuzatishimiz mumkin. Bular asosan hisoblash qurilmalarida qo’llaniladi.
Signallarga ishlov berishdan maqsad:
Signal parametrlarini o’lchash yo’li, ob’ekt haqida malumot qabul qilish – amplituda, faza, chastota, spektr;
Fondagi xalaqitlarni foydali belgilab olish;
Signallarni siqish (kompressiya);
Signal formatini o’zgartirish.
SRIB
Filtr
RAO’
ARO’
1.1-rasm Signallarni ishlov berishni oddiy strukturaviy ko’rinishi.