TKTIYF psixologi: D.Yu.Samatova
Temperament tipini aniqlash metodikasi
Berilgan fikrga qo‘shilsangiz, sizga taalluqli bo‘lganlariga “1” ball, qo‘shilmasangiz “0” ball qo‘ying.
MEN:
1.Saramjon behalovatman
2.O‘zimni tuta olmayman tez jahlim chiqadi
3.Betoqatman
4.Odamlar bilan munosabatim keskin
5.Qat’iyatli va tashabbuskorman
6.O‘jar va qaysarman
7.Tortishuv va bahslarda topqirman
8.Bir xil tempda ishlamayman
9.Tavakkalchilikka moyilligim bor
10.Yomon narsalarni eslab yurmayman
11.Nutqim tez bo‘linuvchan ohangga ega
12.Muvozanatsiz tez qizishib ketishga moyilman
13.Tez urishib ketadigan janjalkash
14.Kamchiliklarga murosasizman
15.Ifodali mimika egasiman
16.Tez harakat qilaman va qarorga kelaman
17. Yangilikka muttasil intilaman
18. Harakatlarim keskin va uzilishli
19. O‘z oldimga qo‘ygan maqsadni albatta amalga oshiraman
20.Kayfiyatim tez o‘zgarishga moyil
MEN:
1.Dilkash va quvnoqman
2.Tirishqoq va ishbilarmonman
3.Ko‘p hollarda boshlagan ishimni oxiriga yetkazmayman
4.O‘zimni yuqori baholayman
5. Yangilikni tez o‘zlashtirib olaman
6.Qiziqish va intilishlarim beqaror
7.Muvaffaqiyatsizlikni tez unutaman
8. Turli sharoitga tez moslashaman
9.Har qanday yangi ishga qiziqish bilan kirishaman
10.Yangi ishga tez kirishaman va tez birdan ikkinchisiga o‘ta olaman
11.Agar ish qiziqtirmay qolsa tez soviyman
12. Bir xil tempdagi ishlarda tez toliqaman
13. Muomalaga tez kirishaman
14.Chidamli va mehnatsevarman
15. Nutqim baland tez, mimika va imo-ishoralarga boy
16. Qiyin vaziyatda o‘zimni tuta bilaman
17. Doimo tetik kayfiyatda yuraman
18.Tez qarorga kelib undan voz kechaman
19.Tez chalg‘iyman
20. Behuda shoshilaman
MEN:
1.Osoyishta va sovuqqonman
2.Ishda tartibli va izchilman
3. Ehtiyotkor va aql bilan ish tutaman
4. Sabr-toqat bilan kuta olaman
5. Bo‘lar-bo‘lmas narsalar haqida gapirmay sukut saqlay olaman
6.Nutqim osoyishta bir xil tempda va hech qanday ifodali harakatlarga ega emas
7. Chidamli va o‘zimni tuta bilaman
8. Boshlagan ishni oxiriga yetkaza olaman
9. Behudaga kuch sarflamayman
10. Ish rejimi va kun tartibiga qat’iy rioya qilaman
11.Ehtirosni hayajonni osongina yengaman
12. Tanqid va maqtovga e’tibor qilmayman
13. Yuvosh va ko‘ngilchanman
14. Qiziqish va munosabatlarim barqaror
15. Ishga sekin moslashib boshqa ishga o‘tishga qiynalaman
16. Munosabatlarim turli tuman
17. Har bir narsada tartib va intizom bo‘lishini hohlayman
18. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashaman
19. Kayfiyatim barqaror
20. Vazmin tabiatli og‘ir-bosiqman
MEN:
1.Uyatchan va tortinchoqman
2.Yangi sharoitda o‘zimni yo‘qotib qo‘yaman
3.Notanish kishilar bilan aloqa o‘rnatishga qiynalaman
4.O‘z kuchimga ishonmayman
5.Yolg‘izlikni yoqtiraman
6.Muvaffaqiyatsizlikda tez tushkunlikka berilaman
7.Tez charchayman
8.Nutqim sekin va kuchsiz
9.Boshqalar ta’siriga tez berilaman
10.Ta’sirlanuvchan tez yig‘layman
11.Tanqid va maqtovni tez qabul qilaman
12.O‘zimga va boshqalarga nisbatan talabchanman
13.Shubha va gumonga tez berilaman
14.Tez xafa bo‘laman va arazlayman
15.Har bir narsani o‘zimga tez qabul qilaman
16.Muloqotga kirishishga qiynalaman
17.Boshqalarga fikrimni aytishni yoqtirmayman
18.Sust va kam faollik bilan ajralib turaman
19.Tez buysunaman, itoatkorman
20.Boshqalarda yordam hissini uyg‘otishga harakat qilaman
Dostları ilə paylaş: |