“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-32, Issue-1, April - 2023 141 huquq nazariyasi” kitobida shunday ta’rif beradi: Huquqiy tafakkur
5
– insonning
atrofdagi huquqiy voqelik haqida yuridik kategoriyalar vositasida ijodiy fikrlash, faol
aqliy tahlil qilish qobiliyatidir. Huquqiy tafakkur huquq haqida, jamiyatdagi hodisalar
xususida nazariy tahlil asosida mushohada yuritish, ularning tub ma’no-mazmuniga
yetishga yoʻnaltirilgan aqliy jarayondir. Bugungi kunda talabalar ongida
“Respublikamizda chiqarilayotgan qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒
demokratik huquqiy davlat qurishning asosidir!” degan hayotiy gʻoyani
mustahkamlash bugungi kunning asosiy gʻoyasi sifatida qarash mumkin. Talabalarning
huquqiy tafakkurini shakllantirish uchun yurtimizda huquqiy targʻibot poyezdlari
tashkil etilgan. Hozirgi paytda huquqiy targʻibotni faol targʻib qilayotgan shaxslarni
munosib taqdirlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
“Huquqiy targʻibot ishlari a’lochisi
6
” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash
haqida Hukumat qarori qabul qilingan. Shu oʻrinda, huquqiy tafakkur haqida rus
huquqshunosi A.G.Laliyevaning ayrim fikrlariga toʻxtalib oʻtsak: “Yuristning kasbiy
tafakkuri mazmunan qonun bilan belgilanadi, shuning uchun u huquqiy tafakkur deb
ham ataladi. Huquqiy tafakkurning asosiy belgilari – izchillik, oʻziga xos huquqiy
maʼnoga ega boʻlgan huquqiy atamalar bilan ishlash, huquq tamoyillariga boʻysunish,
qonun talablari bilan tartibga solish, izchillik, yaʼni mantiq qonunlari bilan asoslash.
Huquqiy tafakkur kompetensiya sifatida yuridik mutaxassislikni oʻqitish jarayonida
shakllantiradi, kasbiy faoliyat jarayonida esa yanada takomillashtiriladi va tuzatiladi.
Huquqiy tafakkurga ega inson aniq hodisalar, harakatlarning huquqiy ahamiyatini
baholay oladi, ularning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan huquqiy oqibatlarini oldindan
koʻra oladi va yuzaga keladigan muammolarni huquqiy vositalar yordamida hal
qiladi”. Huquqshunos A.G.Laliyevaning fikriga qoʻshilgan holda, shuni qoʻshimcha
qilish kerak, huquqiy tafakkurga ega har bir talaba yoki inson qilayotgan har bitta
ishining oqibatini oʻylab qiladi. Huquqiy tafakkurga ega boʻlgan har bitta advokat yoki
prokuror biror bir xavfli qilmish yoki jinoyatga oʻzining mustaqil pozitsiyasini bildira
oladi. Bugungi kunda huquq yoʻnalishidagi kasbiy faoliyat olib borayotgan sudyalar,
advokatlar, prokurorlar, huquqshunoslar koʻproq huquqiy tafakkurni ishlatishga moyil
boʻladilar. Shu oʻrinda, shuni ham alohida ta’kidlab oʻtish joiz, deb oʻylayman.
Huquqiy tafakkur yangidan-yangi qonunlarni ishlab chiqishda deputatlar hamda
senatorlarga juda asqatadi. Zamonamiz talabalari oʻzlarining huquqiy tafakkurini
shakllantirish uchun internet tarmoqlari va huquq sohasiga oid kitoblardan
foydalanishlari mumkin boʻladi.