Talabalar huquqiy tafakkurini shakllantirishning


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#163182
1   2   3   4   5
139-142

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-32, Issue-1, April - 2023
 
141
huquq nazariyasi” kitobida shunday ta’rif beradi: Huquqiy tafakkur
5
– insonning 
atrofdagi huquqiy voqelik haqida yuridik kategoriyalar vositasida ijodiy fikrlash, faol 
aqliy tahlil qilish qobiliyatidir. Huquqiy tafakkur huquq haqida, jamiyatdagi hodisalar 
xususida nazariy tahlil asosida mushohada yuritish, ularning tub ma’no-mazmuniga 
yetishga yoʻnaltirilgan aqliy jarayondir. Bugungi kunda talabalar ongida 
“Respublikamizda chiqarilayotgan qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish ‒ 
demokratik huquqiy davlat qurishning asosidir!” degan hayotiy gʻoyani 
mustahkamlash bugungi kunning asosiy gʻoyasi sifatida qarash mumkin. Talabalarning 
huquqiy tafakkurini shakllantirish uchun yurtimizda huquqiy targʻibot poyezdlari 
tashkil etilgan. Hozirgi paytda huquqiy targʻibotni faol targʻib qilayotgan shaxslarni 
munosib taqdirlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
“Huquqiy targʻibot ishlari a’lochisi
6
” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash 
haqida Hukumat qarori qabul qilingan. Shu oʻrinda, huquqiy tafakkur haqida rus 
huquqshunosi A.G.Laliyevaning ayrim fikrlariga toʻxtalib oʻtsak: “Yuristning kasbiy 
tafakkuri mazmunan qonun bilan belgilanadi, shuning uchun u huquqiy tafakkur deb 
ham ataladi. Huquqiy tafakkurning asosiy belgilari – izchillik, oʻziga xos huquqiy 
maʼnoga ega boʻlgan huquqiy atamalar bilan ishlash, huquq tamoyillariga boʻysunish, 
qonun talablari bilan tartibga solish, izchillik, yaʼni mantiq qonunlari bilan asoslash. 
Huquqiy tafakkur kompetensiya sifatida yuridik mutaxassislikni oʻqitish jarayonida 
shakllantiradi, kasbiy faoliyat jarayonida esa yanada takomillashtiriladi va tuzatiladi.
Huquqiy tafakkurga ega inson aniq hodisalar, harakatlarning huquqiy ahamiyatini 
baholay oladi, ularning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan huquqiy oqibatlarini oldindan 
koʻra oladi va yuzaga keladigan muammolarni huquqiy vositalar yordamida hal 
qiladi”. Huquqshunos A.G.Laliyevaning fikriga qoʻshilgan holda, shuni qoʻshimcha 
qilish kerak, huquqiy tafakkurga ega har bir talaba yoki inson qilayotgan har bitta 
ishining oqibatini oʻylab qiladi. Huquqiy tafakkurga ega boʻlgan har bitta advokat yoki 
prokuror biror bir xavfli qilmish yoki jinoyatga oʻzining mustaqil pozitsiyasini bildira 
oladi. Bugungi kunda huquq yoʻnalishidagi kasbiy faoliyat olib borayotgan sudyalar, 
advokatlar, prokurorlar, huquqshunoslar koʻproq huquqiy tafakkurni ishlatishga moyil 
boʻladilar. Shu oʻrinda, shuni ham alohida ta’kidlab oʻtish joiz, deb oʻylayman. 
Huquqiy tafakkur yangidan-yangi qonunlarni ishlab chiqishda deputatlar hamda 
senatorlarga juda asqatadi. Zamonamiz talabalari oʻzlarining huquqiy tafakkurini 
shakllantirish uchun internet tarmoqlari va huquq sohasiga oid kitoblardan 
foydalanishlari mumkin boʻladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin