2.3 Talaba shartnoma shakllangandan so‘ng har oyning 10(o‘ninchi)-sanasiga qadar oylik to‘lovini amalga oshirmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinadi.
2.4. Keyingi oylar uchun to‘lovlar muddati shartnomada ko‘rsatiladi.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
“Ta’lim muassasasi”ning majburiyatlari:
talabaga TTJdan joy ajratishni rektor (direktor) nomiga yozilgan arizaga muvofiq amalga oshirish va shartnoma
rasmiylashtirish;
talabaga TTJning xona va jihozlarini mazkur shartnomaning 4-bandida koʻrsatilgan muddatda berish;
TTJda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
TTJni tegishli choyshab, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash;
TTJda oʻtkaziladigan tadbirlar, madaniy-ommaviy ishlar hamda sport musobaqalarini oʻtkazishni taʼminlash;
zaruriyat boʻlganda TTJni kapital va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
TTJda yashash sharoitlarini tegishli meʼyorlar asosida jihozlar bilan taʼminlash;
- TTJda yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish va qayta takrorlanmasligining oldini olishdan iborat.
Talabalar majburiyatlari:
ichki tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilish;
maʼmuriyat bilan tuzilgan shartnoma qoidalariga rioya qilish;
gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;
xonadoshlar hamda talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda boʻlish;
TTJdagi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada ozoda tutish;
TTJ va xonadagi mebellarni, deraza va unga qoʻyilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi bino mas’ulining ruxsatisiz almashtirmaslik;
umumiy foydalanish joylariga oʻrnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona, sport xonasi, kompyuter xonasi, kutubxona hamda maʼnaviyat va maʼrifat xonalari jihozlaridan toʻgʻri foydalanish;
qoʻlbola elektr isitgich asboblari hamda elektrochoynaklardan foydalanmaslik;
umumiy foydalanish joylarini foydalanib boʻlingandan keyin (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va boshqalar) tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga tashlash;
internet tarmogʻidan foydalanish odobiga rioya qilish;
talabalar turar joyi va universitet hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida muntazam ishtirok etish;
“Talabalar turar joyi Kengashi” aʼzolari (Kengash raisi va qavat sardorlari)ning universitet va Talabalar turar joyiga bogʻliq boʻlgan topshiriqlarini soʻzsiz bajarish;
Talabalar turar joyida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etish;
Talabalar turar joyiga kech soat 22:00 dan kechikmaslik;
TTJdan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki taʼtilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlar va xona kalitini talabalar turar joyi bino mas’uliga topshirish;
shartnoma muddati tugallagandan soʻng yoki universitetdan chetlashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan taqdirda xona va undagi jihozlarni uch kun muddat ichida TTJ bino mas’uliga topshirish.