1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
Avvalo keys bilan tanishing. “Funksional qatorlarning tekis yaqinlashishing buzilishi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan xossalarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boring. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling.
Yig‘indisi berilgan ixtiyoriy marta differensiallanuvchi funksiyaga teng bo‘ladigan darajali qatorlarning mavjudligi va ularni topish masalasi Teylor va uning xususiy holi bo‘lgan Makloren qatorlari yordamida o‘rganiladi. Bunda berilgan funksiya bo‘yicha tuzilgan darajali qatorning yaqinlashish oralig‘ini topish va bu qator yig‘indisini berilgan funksiyaga teng bo‘lish shartlarini aniqlash masalalari qaraladi. Bunda Makloren qatorining Lagranj ko‘rinishidagi qoldiq hadi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Asosiy elementar va ayrim elementar funksiyalarning Makloren qatorlari topilib, ularning yaqinlashish sohasi aniqlanadi.
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling. Asosiy muammo: Funksional qatorlarning tekis yaqinlashishi buzilganda xossalarni o’rinli bo’lmasligi? Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
Funksional qatorlarning tekis yaqinlashishi buzilganda xossalarni bajarilmasligi sababi nima?
Funksional qatorlarning tekis yaqinlashishini siz qanday tushunasiz?
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qiling – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.