Тalabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsakichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi: a) 5 baho (90-100 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim
Тalabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsakichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi: a) 5 baho (90-100 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyati va mazmunini to’liq yorita olsa:
fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo’l qo’ymasa;
fan bo’yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lsa;
fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
berilgan savollarga aniq va lo’nda javob bera olsa;
konspektga puxta tayyorlangan bo’lsa;
mustaqil topshiriqlarni to’liq va aniq bajargan bo’lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to’liq o’zlashtirgan bo’lsa;
fanga tegishli mavzulardan biri bo’yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo’lsa;
tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) 4 baho (70-89 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo’l qo’ymasa:
fan mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo’lsa;
fan bo’yicha berilga vazifa va topshiriqlarni o’quv dasturi doirasida bajarsa;
fan bo’yicha berilgan savollarga to’g’ri javob bera olsa;
fan bo’yicha konspektini puxta shakllantirgan bo’lsa;
fan bo’yicha mustaqil topshiriqlarni to’liq bajargan bo’lsa;
fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to’liq o’zlashtirgan bo’lsa;
v) 3 baho (60-69 ball) olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fan haqida umumiy tushunchaga ega bo’lsa
fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo’l qo’yilsa;
bayon qilish ravon bo’lmasa;
fan bo’yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
fan bo’yicha matn puxta shakllantirilmagan bo’lsa.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:
fan bo’yicha mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rmagan bo’lsa:
fan bo’yicha mashg’ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo’lmasa;
fan bo’yicha matnlarni boshqalardan ko’chirib olganligi sezilib tursa;
fan bo’yicha matnga jiddiy xato va chalkashliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa;