Talabasi farhodova sevinch



Yüklə 0,72 Mb.
tarix20.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#187239
iirkukk

RAVISHLARNING MARFOLOLOGIK O’ZGARMASLIK BELGISINI ANIQLASH.BOSHQA TURKUMLARDAN FARQLI TOMONLARINI KUZATISH.MA’NOVIY TURLARI,YASALISHI,SINTAKTIK VAZIFALARI USTIDA ISH.

FILOLOGIYA FAKULTETI 6-1 UZB KECHKI 22-GURUH

TALABASI FARHODOVA SEVINCH.

REJA:

1.RAVISHLARNING MARFOLOGIK O’ZGARMAS BELGISI.

2.RAVISHNING MA’NOVIY TURLARI.

3.RAVISHNING YASALISHI.

4.RAVISHNING SINTAKTIK VAZIFALARI.

RAVISHNING MORFOLOGIK O’ZGARMAS BELGISI.

Ravishlar mustaqil ma'noli o'zgarmas so'zlardir. Ular belgini, miqdor yoki holatni, o'rin, payt ma'nolarini ifodalaydi va bu jihatdan ot, sifat, sonlarga yaqin turadi. Ammo ulardan farqli tomoni shundaki, so'z o'zgartiruvchi, shakl yasovchi qo'shimchalar bilan birika olmaydi, otlar- lar ko'plik qo'shimchasi bilan, sifatlar -roq daraja qo'shimchasi bilan erkin birika oladi. Chunonchi: tongda, oqshomda, kunduzlari, ko'proq, ozroq, balandroq.Ayrim til birliklarida uchraydigan egalik, kelishik shakllari ravishning o'zak qismida soddalashgan, ya'ni yaxlitlanib qolgan: birdan, zumdan, to'satdan va boshqalar. Bu qo'shimchalardan tashqari qadimgi davrlarda keng ishlatilgan -ra qo'shimchasi (so'ngra, uzra), -a qo'shimchasi (qayta, ko'tara), -in(-un) qo`shimchasi (birin-ketin, ostin-ustun) ham so'zlar tarkibida yaxlitlanib qolgan.

Ravish so'z turkimini talqin qilishda uning o'zgarmaslik xususiyatiga tayanish ushbu so'z turkumi tarkibini belgilashda bo'lgan qator qarama-qarshiliklarga nuqta qo'ydi. Ilmiy adabiyotlarda eng, juda nihoyat (da), g'oyat (da), lang, g'irt kabi so'zlar kuchaytiruv ravishlari deb ko'rsatiladi.1 Bu shakllar sifatlar oldidan kelib belgi ma'nosini kuchaytirishga (juda chiroyli, benihoya keng) va pasaytirishga (sal tor, xiyol keng) xizmat qiladi. Keyingi yillarda ayrim tadqiqotchilar bu elementlarning ravish bo'lolmasligini, ularning ravish kabi mustaqil lug'aviy ma'noga ega emasligini ta'kidlab, ushbu shakllarni kuchaytiruv yuklamalari tarkibiga kiritishni ma'qul ko'radilar


Ravishlarning ma’no jihatdan turlari. Ravishlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo’lihadi:holat ravishi, payt ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi.
Holat ravishi harakat-holatning qaytarzda yuz berishi, qanday usul bilan bajarilishi kabi ma’nolarni bildiradi: bexosdan, tez(da), qo‘qisdan, sekin, astoydil, bekorga, piyoda, ketma-ket, arang, darhol, zimdan, bazur,qiyg‘os, zo‘rg‘a, birdan, boshqacha kabilar. Holat ravish-lari gapda asosan vaziyat holi vazifasida keladi: Zulfiya tabiat, turmush sinoviga mardonavor bardosh berdi. Shuningdek, holat ravishi otga boqlanib, aniqlovchi, kesim vazifasida kelishi ham mumkin: Jamiyat uchun yangicha ilm kerak. Auditoriya jimjit, hamma unga qarar edi.
Payt ravishi ish-harakatning bajarilish paytini (vaqtini) bildiradi: bugun, erta(ga), kecha, endigina, kecha-kunduz, avval, hozir, doim, erta-indin, oldin, so‘ng, hali, hamon, dastlab, kunduzi, qishin-yozin, kuni bilan kabilar. Payt ravishlari gapda asosan payt holi vazifasida keladi: Dadasi va ayasi unga kechasi matal aytib berishar edi.
Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin