Taʼlim psixologiyasi — pedagogik psixologiyaning juda muhim qismlaridan biridir.
Taʼlim — juda keng maʼnoga ega boʻlib, u bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, o‘rganish, oʻrgatish jarayonidir. Koʻrishimiz mumkinki, taʼlim jarayonini oʻrganish va oʻrgatish, oʻrganib olish va uni hayotga tatbiq etish xususiyati bilan koʻrsatishimiz mumkin.
Taʼlimning muvaffaqiyati Bu jarayon juda koʻplab sabablarga bogʻliq boʻlib eng muhimlaridan biri oʻquvchining qanday oʻqiyotganligini bilishga, yaʼni oʻquvchining yosh xususiyatlariga, aqliy taraqqiyoti va faolligiga muvofiq malakalarni oʻzlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga, qisman oʻquv materiallarning mazmunigagina, taʼlim usullariga bogʻliqdir.
Taʼlimni ijodiy oʻzlashtirish, oʻrganish, bilim egallash 3 omilga:
Oʻrganish – 2-xil tartibda boʻlib, 1-yoʻl-yoʻlakay, tasodifiy va 2-rejali boʻlishi mumkin.
Yoʻl- yoʻlakay oʻrganish – turli material va informatsiyalarni turli sharoitda oʻrganishdir. Bunda oʻquvchi materialni izlanishlar, koʻp kitoblarni mutolaa qilish orqali oʻrganadi. Bunday oʻrganish inson hayotining turli faoliyatlari davomida roʻy beradi.
Rejali oʻrganish esa materiallarni muntazam ravishda reja asosida, maqsadga qaratilgan faoliyat orqali oʻrganish demakdir. Shuning uchun ham oʻrganish – faoliyat hisoblanadi. Oʻrganish bu stixiyali jarayon emas, balki u maqsadga qaratilgan, rejalashtirilgan jarayondir. Oʻrganish – materialni oʻzlashtirish – bu ongli jarayondir. Shuning uchun u faol jarayon hamdir. Chunki oʻquvchi oʻqituvchi tomonidan idrok qilingan materialni oʻzining tajribasiga, hayotga bogʻlash bilan voqelikka ongli munosabatda boʻladi.
Oʻqish faoliyati jarayonida oʻqish, oʻrganish motivi oʻzgaradi va tarkib topadi. Oʻqish faoliyati dastlabki yillarda oʻquvchi uyda uni urishmasliklari uchun, yaxshi baho olish maqsadida oʻqishi mumkin. Oʻrta maktab yillarida oʻquv predmetlariga differensial qiziqish paydo boʻladi va shu asosda fan muammolariga qiziqish yuzaga keladi va natijada oʻsmirlarda bilimga boʻlgan qiziqishlarini qondirishga qaratilgan bilimlarni egallash motivlari paydo boʻladi.
Taʼlim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishunga taʼsir etuvchi omillarga ham bogʻliqdir. Bu omillar ichki va tashqi omillardir.
Bilimlarni oʻzlashtirib borish turli koʻnikma va malakalar hosil qilishga taʼsir koʻrsatadi. Har qanday koʻnikma bilimlarsiz boʻlmaydi. Taʼlimiy koʻnikmalar ( yozish, oʻqish va hisoblash, oʻrganib olish) koʻnikmani birinchi turiga kiradi. Koʻnikma va malakalarni ikkinchi turiga umumiy mehnatga doir boʻlib, ular kasb-hunar taʼlimi jarayonida takomillashadi. Shuningdek, bu koʻnikma va malakalar sinfdan tashqari mashgʻulotlarda fanlar boʻyicha toʻgaraklarda, qoʻl mehnati darslarida: qogʻozdan, kartondan, gazlamalardan, plastilindan, turli narsalardan tayyorlash yoʻli bilan hosil qilinadi.
Test Oʻrganish bu-?
Oʼquvchilarning oʻqituvchi tomonidan berilgan bilimlarni, qabul qilishlari jarayoni, oʻzlarida bilish qobiliyatlarini, fikrlash operatsiyalari va harakatlarni tarkib toptirish jarayonidir.
Oʻrganishning mohiyati oʻqish jarayonida oʻquvchilar mustaqil ravishda bilim ola bilish va bu bilimlardan foydalana olish koʻnikmasini oʻz ichiga oluvchi aqliy va jismoniy mehnat elementlarini oʻziga sindiradi.
Bilimlarni oʻzlashtirish, informatsiya olish, esda saqlash va uni anglab qolishnigina emas, balki bilimlarni keyinchalik, oʻquv ishida shuningdek, mehnat jarayonida, umuman turmushga tatbiq qilish qobiliyatiga ega boʻlishdir.
Barcha javoblar toʻgʻri.
Oʻrganish necha xil boʻladi
2 xil
3 xil
4 xil
5 xil
Talimga taʼsir qiluvchi omillarni ayting
Diqqat