47
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
TA’LIM -TARBIYA JARAYONIDA OTA - ONALAR BILAN HAMKORLIK
Umarova Xurshida Rustamovna
Andijon viloyati Buloqboshi tumani
25-DMTT tarbiyachisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7095255
ANNOTATSIYA
Oila va bolalar bog‘chasi bizning kelajagimizning asosini tashkil etadigan ikkita
jamoat institutidir, lekin ko‘pincha ular bir-birini tinglash va tushunish uchun
har doim ham o‘zaro tushunish, xushmuomalalik, sabr-toqatga ega bo‘lmaydilar.
Oila va bolalar bog‘chasi o‘rtasidagi tushunmovchilik bolaga ko‘proq bog‘liq.
Hech kimga sir emaski, ko‘pgina ota-onalar faqat bolaning ovqatlanishi bilan
qiziqishadi, ular bolalar bog‘chasi bu ota-onalar ish paytida faqat bolalarni
boqadigan joy deb hisoblashadi. Shu sababli tarbiyachi hamda o‘qituvchilar,
ko‘pincha ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarda katta qiyinchiliklarga duch
kelishlari ham hech birimizga sir emas.
Key words: Mahalla, MTM, ota-ona, ta’lim–tarbiya;
Tarbiyachilar va ota-onalar, umuman olganda, uy va MTM, ota-ona va o‘qituvchi
o‘rtasida ijobiy, qo‘llab-quvvatlovchi va ochiq munosabatlar zarur.
Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ota-onalar ishtiroki va ota-onalar
va o'qituvchilarning muvaffaqiyatli hamkorligi o'quvchilar uchun ta'lim
natijalarini yaxshilaydi. Maqolada ham talim-tarbiya jarayonida MTM bilan ota-
ona hamkorligidagi faoliyat va uning natijalari tahlil qilinadi.
Ota-onalar ta'limning muhim sheriklaridir. Ular farzandlarining ta’limga bo‘lgan
munosabatiga bevosita ta'sir qiladi va uyda bolaning o‘qib o‘rganisgi uchun
sharoit hozirlaydi. Ota-ona, uy va MTM o‘rtasida ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘zaro hamkorlikda ishlashlari zarur. Ota-onalarni ta’lim-tarbiya jarayonlariga
jalb qilish siyosati ota-onalarni sherik sifatida qabul qilganda va ularda o‘zaro
hurmat asosida MTMga o'zlarining hissalarini qo‘shishlari uchun zarur bo‘lgan
yordamni hisobga olgan holda tarbiyalanuvchilarning yutuqlari va
muvaffaqiyatlarining oshishini tan olishadi. MTM da ijobiy iqlimni yaratish
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
O‘qituvchilar va tarbiyachilar MTM va oilalar o‘rtasidagi o'zaro aloqalarni
rag‘batlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;
Barchaga birdek hurmat bilan munosbatda bo‘linadi;
MTM ichki muhitda jamoatchilik va g‘amxo‘r munosabatlar hissini
rivojlantiradi.
Ota-onalar muntazam ravishda MTM faoliyatiga jalb qilinadi;
48
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan ota-
onalar va o‘qituvchilar jamoasining quyidagi xususiyatlarini aniqlaydi:
Ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan uchrashishga va ularning fikrlarini
tinglashga vaqt ajratishlari lozim;
Har bir insonga o‘z fikrlarini bildirishga va takliflar berishga ijozat
berilishi lozim;
Muammolarni
o‘zaro
hal
qilishni
rag‘batlantiradigan
tarzda
kelishmovchiliklarga to‘g‘ri yondashuvni tanlash lozim. Qarama-qarshiliklar
mavjud bo‘lganda yoki qiyin vaziyatga javob topilmaganda, boshqa umumiy bir
fikrga kelishilishi lozim;
MTM bilan ota-onalarning o‘zaro munosabatlari haqida gap ketganida, umumiy
muammolar orasida quyidagilar mavjud:
1.
Farzandining noto‘g‘ri hatti-harakatlariga toqat qila olmaydigan ota-onalar
(ayniqsa o‘qituvchi oldida);
2.
MTM faoliyati va targ‘ibotlari bilan hamkorlik qilmaydigan ota-onalar:
3.
Farzandidan katta umidvor bo‘lgan va farzandining chegaralarini qabul
qila olmaydigan ota-onalar, bolani o‘zini yomon tutishiga olib keladi ;
Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari haqida gap ketganda, umumiy muammolar
orasida quyidagilar mavjud:
a) Afsuski, bazida ota-onalar farzandining muvaffaqiyatga erishishida ularning
ularning doimiy ko‘magi zarurligini tushunmaydilar;
b) Ular o‘z farzandlariga eng yaxshi o‘qituvchi bo‘lishlari mumkinligini
bilishmaydi.
Tarbiyalanuvchilarning kelajagi uchun bu borada ota-onalarning
tushunchalarini oshirish uchun biron chora toppish lozim.
Ko‘pgina hollarda, ota-onalar farzandiga yomonroq baho qo‘ygan o‘qituvchiga
o‘z farzandini ko‘proq narsaga loyiq deb da’vo qilish uchun tez-tez ta’lim
maskaniga kelishadi. Eng yomoni, ota-onalar farzandlarining noto‘g‘ri hatti-
harakatlari tufayli chaqirilganda ota-ona o‘zini maqtaydi. Farzandining noto‘g‘ri
hatti-harakatlarini to‘g‘irlash uchun o‘qituvchi bilan hamkorlik qilish o‘rniga,
ular hatto farzandining qilmishini to‘g‘ri ekanligini va bu haqda
tashvishlanadigan hech narsa yo‘qligini tasdiqlaydilar. Ushbu holatlar hozirgi
kunda bir qadar odat tusiga kirib qolgandek go‘yo va bu o'qituvchilarni tanlagan
sohalarida ishtiyoqlarini yo‘qotishiga olib keladigan stressga olib keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun vaqti-vaqti bilan trening,
munozara, test, so‘rovnomalar o‘tkazib turilsa, ayniqsa maktab yoshidagi 6–7
yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalar ishtirokida olib
boriladigan har bir mashg‘ulot farzandining nimaga qodir ekanini anglashiga
49
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a’zolarining
mas’uliyati oshadi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir
suhbat bolalarni maktabning ilk bosqichiga yengil qadam qo‘yishida hamda
sog‘lom bola va sog‘lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov
guruhi tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri
tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Bola bilan oilada uyushtiriladigan suhbatlarning alohida ahamiyati bor. Odob-
axloq mavzusidagi bunday muloqotlar farzandlarning til ko‘nikmalarini
mustaqil tarzda qo‘llashiga erishish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday oilaviy
suhbatlar bolaning kundalik faoliyat hamda sayr-u sayohatlarida samarali natija
berishi, shubhasiz.
Bola yoshligidanoq, oiladan atrof-muhitdan ona tilini, adabiy talaffuz
me’yorlariga binoan barcha tovush va so‘zlarni aniq va tiniq talaffuz etib, so‘z
boyligini rivojlantirmog‘i lozim. Bola shaxsini shakllantirish, nutqini
rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar ko‘p uchrab turadi. Ota-
onalarning bolalarga beparvoligi, so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat
bermasligi bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi
birgalikda uyushtiriladigan o‘yin, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalar
nutq madaniyatini shakllantirishda oila a’zolari va tengdoshlari bilan bo‘ladigan
munosabatlar muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiya qanchalik erta boshlansa, hosili ham shuncha barvaqt ko‘zga tashlanadi.
Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda
pedagoglarning vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan
pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Shuni ta’kidlash joizki, bola
tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullangan ota-onalarning farzandlari ta’lim
muassasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan ko‘rsata
oladi. Oila va ta’lim muassasaslarining o‘zaro hamkorlik hamda hamjihatlikda
ish olib borishlari bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki
uning ma’naviy shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |