Ta’lim -tarbiya jarayonida ota onalar bilan hamkorlik umarova Xurshida Rustamovna Andijon viloyati Buloqboshi tumani



Yüklə 158,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.06.2023
ölçüsü158,49 Kb.
#129500
  1   2
ZDPP2209



47 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
TA’LIM -TARBIYA JARAYONIDA OTA - ONALAR BILAN HAMKORLIK 
Umarova Xurshida Rustamovna 
Andijon viloyati Buloqboshi tumani 
25-DMTT tarbiyachisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7095255 
 
ANNOTATSIYA 
Oila va bolalar bog‘chasi bizning kelajagimizning asosini tashkil etadigan ikkita 
jamoat institutidir, lekin ko‘pincha ular bir-birini tinglash va tushunish uchun 
har doim ham o‘zaro tushunish, xushmuomalalik, sabr-toqatga ega bo‘lmaydilar. 
Oila va bolalar bog‘chasi o‘rtasidagi tushunmovchilik bolaga ko‘proq bog‘liq. 
Hech kimga sir emaski, ko‘pgina ota-onalar faqat bolaning ovqatlanishi bilan 
qiziqishadi, ular bolalar bog‘chasi bu ota-onalar ish paytida faqat bolalarni 
boqadigan joy deb hisoblashadi. Shu sababli tarbiyachi hamda o‘qituvchilar, 
ko‘pincha ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarda katta qiyinchiliklarga duch 
kelishlari ham hech birimizga sir emas.
Key words: Mahalla, MTM, ota-ona, ta’lim–tarbiya; 
Tarbiyachilar va ota-onalar, umuman olganda, uy va MTM, ota-ona va o‘qituvchi 
o‘rtasida ijobiy, qo‘llab-quvvatlovchi va ochiq munosabatlar zarur.
Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ota-onalar ishtiroki va ota-onalar 
va o'qituvchilarning muvaffaqiyatli hamkorligi o'quvchilar uchun ta'lim 
natijalarini yaxshilaydi. Maqolada ham talim-tarbiya jarayonida MTM bilan ota-
ona hamkorligidagi faoliyat va uning natijalari tahlil qilinadi.
Ota-onalar ta'limning muhim sheriklaridir. Ular farzandlarining ta’limga bo‘lgan
munosabatiga bevosita ta'sir qiladi va uyda bolaning o‘qib o‘rganisgi uchun 
sharoit hozirlaydi. Ota-ona, uy va MTM o‘rtasida ta’lim-tarbiya jarayonida 
o‘zaro hamkorlikda ishlashlari zarur. Ota-onalarni ta’lim-tarbiya jarayonlariga 
jalb qilish siyosati ota-onalarni sherik sifatida qabul qilganda va ularda o‘zaro
hurmat asosida MTMga o'zlarining hissalarini qo‘shishlari uchun zarur bo‘lgan 
yordamni hisobga olgan holda tarbiyalanuvchilarning yutuqlari va 
muvaffaqiyatlarining oshishini tan olishadi. MTM da ijobiy iqlimni yaratish 
uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim: 
O‘qituvchilar va tarbiyachilar MTM va oilalar o‘rtasidagi o'zaro aloqalarni 
rag‘batlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;
Barchaga birdek hurmat bilan munosbatda bo‘linadi; 
MTM ichki muhitda jamoatchilik va g‘amxo‘r munosabatlar hissini 
rivojlantiradi.
Ota-onalar muntazam ravishda MTM faoliyatiga jalb qilinadi;


48 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan ota-
onalar va o‘qituvchilar jamoasining quyidagi xususiyatlarini aniqlaydi:
Ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan uchrashishga va ularning fikrlarini 
tinglashga vaqt ajratishlari lozim;
Har bir insonga o‘z fikrlarini bildirishga va takliflar berishga ijozat 
berilishi lozim;
Muammolarni 
o‘zaro 
hal 
qilishni 
rag‘batlantiradigan 
tarzda 
kelishmovchiliklarga to‘g‘ri yondashuvni tanlash lozim. Qarama-qarshiliklar 
mavjud bo‘lganda yoki qiyin vaziyatga javob topilmaganda, boshqa umumiy bir 
fikrga kelishilishi lozim; 
MTM bilan ota-onalarning o‘zaro munosabatlari haqida gap ketganida, umumiy 
muammolar orasida quyidagilar mavjud:
1. 
Farzandining noto‘g‘ri hatti-harakatlariga toqat qila olmaydigan ota-onalar 
(ayniqsa o‘qituvchi oldida);
2. 
MTM faoliyati va targ‘ibotlari bilan hamkorlik qilmaydigan ota-onalar: 
3. 
Farzandidan katta umidvor bo‘lgan va farzandining chegaralarini qabul 
qila olmaydigan ota-onalar, bolani o‘zini yomon tutishiga olib keladi ; 
Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari haqida gap ketganda, umumiy muammolar 
orasida quyidagilar mavjud:
a) Afsuski, bazida ota-onalar farzandining muvaffaqiyatga erishishida ularning
ularning doimiy ko‘magi zarurligini tushunmaydilar;
b) Ular o‘z farzandlariga eng yaxshi o‘qituvchi bo‘lishlari mumkinligini 
bilishmaydi.
Tarbiyalanuvchilarning kelajagi uchun bu borada ota-onalarning 
tushunchalarini oshirish uchun biron chora toppish lozim.
Ko‘pgina hollarda, ota-onalar farzandiga yomonroq baho qo‘ygan o‘qituvchiga
o‘z farzandini ko‘proq narsaga loyiq deb da’vo qilish uchun tez-tez ta’lim 
maskaniga kelishadi. Eng yomoni, ota-onalar farzandlarining noto‘g‘ri hatti-
harakatlari tufayli chaqirilganda ota-ona o‘zini maqtaydi. Farzandining noto‘g‘ri 
hatti-harakatlarini to‘g‘irlash uchun o‘qituvchi bilan hamkorlik qilish o‘rniga, 
ular hatto farzandining qilmishini to‘g‘ri ekanligini va bu haqda 
tashvishlanadigan hech narsa yo‘qligini tasdiqlaydilar. Ushbu holatlar hozirgi 
kunda bir qadar odat tusiga kirib qolgandek go‘yo va bu o'qituvchilarni tanlagan 
sohalarida ishtiyoqlarini yo‘qotishiga olib keladigan stressga olib keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun vaqti-vaqti bilan trening,
munozara, test, so‘rovnomalar o‘tkazib turilsa, ayniqsa maktab yoshidagi 6–7 
yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalar ishtirokida olib 
boriladigan har bir mashg‘ulot farzandining nimaga qodir ekanini anglashiga 


49 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a’zolarining 
mas’uliyati oshadi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir 
suhbat bolalarni maktabning ilk bosqichiga yengil qadam qo‘yishida hamda
sog‘lom bola va sog‘lom muhit sharoitini yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov 
guruhi tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri 
tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Bola bilan oilada uyushtiriladigan suhbatlarning alohida ahamiyati bor. Odob-
axloq mavzusidagi bunday muloqotlar farzandlarning til ko‘nikmalarini
mustaqil tarzda qo‘llashiga erishish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday oilaviy 
suhbatlar bolaning kundalik faoliyat hamda sayr-u sayohatlarida samarali natija 
berishi, shubhasiz.
Bola yoshligidanoq, oiladan atrof-muhitdan ona tilini, adabiy talaffuz
me’yorlariga binoan barcha tovush va so‘zlarni aniq va tiniq talaffuz etib, so‘z
boyligini rivojlantirmog‘i lozim. Bola shaxsini shakllantirish, nutqini 
rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar ko‘p uchrab turadi. Ota-
onalarning bolalarga beparvoligi, so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat 
bermasligi bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Xulosa qilib aytganda, oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi 
birgalikda uyushtiriladigan o‘yin, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalar 
nutq madaniyatini shakllantirishda oila a’zolari va tengdoshlari bilan bo‘ladigan 
munosabatlar muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiya qanchalik erta boshlansa, hosili ham shuncha barvaqt ko‘zga tashlanadi. 
Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda 
pedagoglarning vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan 
pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Shuni ta’kidlash joizki, bola 
tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullangan ota-onalarning farzandlari ta’lim 
muassasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan ko‘rsata 
oladi. Oila va ta’lim muassasaslarining o‘zaro hamkorlik hamda hamjihatlikda 
ish olib borishlari bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki 
uning ma’naviy shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 158,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin