Page 107
− o’quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
− o’quvchilar jamoasi orasida o’zaro do’stona muhitni vujudga keltirish kabilar.
O’zaro hamkorlik va do’stona muhitni vujudga keltirish uchun muayyan
maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayonni shunday tashkil etish lozimki, buning
uchun o’quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o’zaro axborotlar
almashinuvi uchun qulay bo’lishini ta’minlash muhimdir.
Ta’lim jarayonida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarda ongli
faoliyat ko’rsatish ko’nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga
o’rgatish alohida ahamiyatga ega. Chunki umumiy o’rta ta’lim o’quvchilari murakkab,
ruhiy inqirozlar vujudga keladigan, yuqori quvvatga ega bo’lgan, shijoatli, yangilikka
chanqoq, olamni o’zlashtirishga intiluvchan, mustaqillik va moslashuvchanlikka moyil,
xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlarning shakllanishi jadal sur’at bilan kechadigan yoshda
bo’ladilar. Shunga ko’ra quyidagilarning muhimligi kuzatilmoqda:
- o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligini boshlang’ich sinflardayoq yo’lga
qo’yishning zarurligi;
- o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligini ta’minlashga xizmat qiladigan
metodlarni qo’llashning muhimligi;
- o’quvchilarga taqdim etiladigan axborotlar hajmining kengligi va ularni
o’zlashtirish o’zaro hamkorlik va fikr almashinish muhitini taqozo qilishi;
- o’qituvchi bilan o’quvchilar orasida do’stona hamkorlikka asoslangan muhitning
vujudga kelishi o’qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi;
- o’quvchilar va o’qituvchilar munosabatlarida an’anaviy pedagogik
yondashuvlarning saqlanib qolayotganligi va uni bartaraf etish ehtiyojining
kuchayayotganligi;
- ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashda o’qituvchi bilan o’quvchilar
hamkorligining muhimligi;
- o’qituvchining muomala odobi, nazokati, shaxslararo muomala maromi,
o’quvchilar bilan do’stona munosabatni o’rnatuvchi muhim omil ekanligi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning hamkorlikka asoslangan ijodiy faoliyatini
tashkil etish uchun axborotli mahsullarni tayyorlash va ulardan foydalanish muhim
ahamiyatga ega. Mazkur jarayonda sun’iy intellekt yoki mantiqiy-lingvistik modeldan
unumli foydalanish mumkin. Bilimlarni modellashtirish turli ilmiy yo’nalishlarda turli
maqsadlarda amalga oshiriladi. Ekspert tizimlar nazariyasida bu metoddan intellektual
vazifalarni kompyuter vositasida echishda foydalaniladi. O’quv muhitida o’qituvchi
ham jismoniy, ham virtual ekspert model sifatida namoyon bo’ladi. Pedagogika fani
uchun umumlashgan quvvatlarni qo’lga kiritish o’ta muhim ahamiyatga ega. Chunki u
yangi bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlaydi. Umumlashgan quvvatlarni sarflash o’quv
jarayonida juda zarur hisoblanadi. Jumladan,