Videofayllar. Analogli va raqamli video
Hozirgi kunda video ma’lumotlarning ikki tipi mavjud: analogli va raqamli. Analogli video
videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo’lib, analogli usuldagi birinchi video formatlardan biri
kompozit videosignal hisoblanadi. Kompozit analogli video barcha videokomponentlarni (yorqinlik,
rang, sinxronlik va hk) bir signalga birlashtiradi. Bu elementlarni bir signalga birlashtirish hisobiga
kompozit video sifati mukammal bo’la olmaydi. Natijada biz aniq bo’lmagan ranglar uzatilishiga,
tasvirning yetarli bo’lmagan aniqligiga va boshqa sifat yo’qotish faktorlariga ega bo’lamiz. Shu
sababli kompozit video turli video komponentlari mustaqil signallar sifatida namoyon bo’luvchi
komponentli videoga tezda yo’l bo’shatib berdi. Gap shundaki, inson ko’zi yuqori yoritilganlikda
ham aktiv va tayanch ranglar (R, G, B) ni qabul qiluvchi yorug’lik sezuvchan elementlardan tashqari
deyarli to’liq qorong’ulikda ham aktiv va yoritilgan ob’ektnigina qayd qiluvchi elementlarga ega.
Buning natijasida ranglar xususiyatidan ko’ra ob’yekt yorqinlgi qabul qilish uchun muhimroq
hisoblanadi. Bundan tashqari uzatilayotgan axborot hajmi ham qiymatga ega: hajm qancha kichik
bo’lsa, uzatuvchi tizim ham shuncha arzon va sodda bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: