1-topshiriq. O'QUVCHILARNI ESTETIK TARBIYALASH DARSIGA TAYYORLANISHGA SIZ HAM QO`SHILING 1. Maktab o`qituvchisining tarbiyaviy ish rejasidan estetik tarbiyaga bag`ishlangan tadbirlaridan: suhbat, tabiat qo`yniga sayohat, konsert-suhbat va hokazolardan birontasini tanlab oling.
2. Tanlangan tadbirning rejasini pedagogika o`qituvchisi rahbarligida ishlab chiqing. Uni o`quvchilar bilan o`tkazing.
3. O`tkazilgan tadbirni quyidagi savollar bo`yicha tahlil qiling:
1) Bolalar o`tkazilgan tadbirga qanday munosabat bildirishdi?
2) U o`quvchilarda qiziqish uyg`ota olmaganligini sezdingizmi?
3)Bolalarga ayniqsa nimalar ko`proq yoqdi? Qanday ko`rsatkichlarga asoslanib bu haqda fikr yurita olasiz?
4) Tavsiya etilgan bu tadbirga dastlab qiziqish bildirmaganlarni unga qiziqtirishga qanday erishdingiz?
5) Agarda shu tadbirni yana qayta o`tkazishga to`g`ri kelsa, uning rejasiga qanday o`zgarishlar kiritgan bo`lardingiz?
Vaziyatli masalalar (Keyslar) 1-masala. Jismoniy tarbiya darsi uchun ona o`g`liga kcta olib berdi. Biroq bir necha kundan so`ng bola ketasini yo`qotganini aytdi.
- Endi yangisini olish kerak, - dedi bola onasiga.
- Usmon tanaffusda mening ketamni kiyib futbol o`ynagan edi, qayerda qolganini bilmaydi. Hammamiz birgalashib izladik, lekin hech qayerdan topa olmadik.
1. Siz onaga qanday ish tutishini maslahat berasiz?
2. Siz beradigan tavsiya nimalarga asoslanadi?
3. Sinf rahbari bolaga nisbatan va uning onasiga nisbatan qanday pedgogik pozitsiyani egallashi kerak?
4. 6-sinf bilan tarbiyaviy ishni olib borayotganda qanday masalani qo`yishi va o`z tarbiyalanuvchilari bilan nimalarni otkazishi lozim bo`ladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”., Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1998.