3.Ijobiy fazilatlarni yo‘naltiruvchi metodlar 1. O`zbek xalq pedagogikasi milliy tarbiya jarayonining asosi. a) Tarbiya jarayonining mohiyati va qoidalarini ta'riflang, misollar bilan boyiting.
b) Tarbiyashunoslikdagi «hikmat, maqol, matal va boshqalar ongni charxlaydi» deyilishini isbotlang.
d) Tarbiya usullarini yozing va o`qituvchingiz qaysi metodni dars jarayonida qo`llaydi-yu, qaysi birini darsdan tashqari vaqtda yoki tarbiyaviy soatlarda qo`llaydi?
e) Ota-ona tanbehi, nasihati, jazosi rag`bati siz uchun ta'sirlimi? Yoki o`qituvchi, guruh rahbarlaringiznikimi? Nima uchun? Taqqoslang va isbotlang.
f) Tarbiyaning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan bola tarbiyasiga zanjirsimon ekanligini isbotlang (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy mehnat, diniy va boshqalar).
g) Qur'oni Karim va Hadisu Shariflardan tarbiya masalalariga doir misollar ayting va tarbiyaviy ahamiyatini tushuntiring.
h ) Hozirgi kunda qaysi gazeta yoki jurnallarda tarbiya masalasi ko`proq yoritilyapti? Teleko'rsatuv1arda-chi?
Vaziyatli masalalar (Keyslar) 1-Masala. Sinf rahbarining 5-sinf o`quvchisi Imomov Nozimga berilgan tavsifnomasidan keltirilgan parchalar bilan tanishing.
Nozimning xarakteri og`ir, u juda ayyor bola, dars jarayonida faol emas, ammo vazifani to`liq bajarib keladi. Darsda ko`pincha har xil qitmirliklar, bemaza qiliqlarni o`ylab chiqaradi, siri fosh bo`lib qolsa, aybni o`rtoqlariga ag`darishga urinadi, qo`ldan kelgancha sinfdagilarning munosabatlarini buzadi, janjal chiqaradi. Hamisha xush-chaqchaq, shang`i. O`zidan kattalar va o`rtoqlari bilan qo`pol muomala qiladi. Agar biror bola mashg`ulotni bajarayotganida xatolikka yo'l qo`ygudek bo’lsa, ustidan masxaralab kuladi, sevinib ketadi. O`jar, o`z manfaatini ko`zlovchi, injiq, badjahl va qasoskor. Ruhi tetik. Jazodan so`ng yoki jazo berilayotganda yig`laydi, gap qaytaradi. Ko`chada kattalarni orqasidan masxaralab kuladi.
1. Bolaning xulq-atvori haqidagi qanday ma’lumotlar tavsifnomada ustunlik qiladi?
2. Sinf rahbar, o`qituvchilar va ota-onalar bola xulqidagi qaysi salbiy tomonlarga diqqat-e'tibor berishlari kerak?
3. O`qituvchi pedagogik jihatdan Nozimning xarakteridagi qanday ijobiy tomonlariga suyansa bo`ladi?
4. Bolaning ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari, o`rtoqlari sinf rahbariga, qanday yordam berishlari kerak.