Ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik



Yüklə 44,31 Kb.
tarix28.12.2023
ölçüsü44,31 Kb.
#201111
Ta\'lim sohasida xalqaro hamkorlikni yo\'lga qo\'yilishi


Ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Reja:
I Kirish
II Asosiy qism

  1. Ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yilishi (2017-yil)

  2. Ta'lim sohasidagi chet davlatlar bilan xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi qarorlar

  3. Ta'lim sohasida Yevropa bilan xalqaro hamkorlik (2018-yil)

III XULOSA
Respublikamizning oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o`rganib, quyidagi vazifalarni o`z ichiga oladi:

  1. Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning malakasini oshirish;

  2. Ta’limning turli yo`nalishlari uchun yangi o`quv dasturlari, zamonaviy o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi;

  3. Oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;

  4. Professor o`qituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;

  5. Xorijiy o`qituvchi va professorlarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish;

Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va …aro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik XXR, Koreya Respublikasi, Malayziya, Misr, Ummon Sultonligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Turkmaniston, Ukraina va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi o`rtasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” to`g`risidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida O`zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot o`tamoqdalar.
Xitoy oliy ta’lim muassasalarida amaliyot xitoy tili va adabiyoti shuningdek, turli texnik va tabiiy fanlar yo`nalishi bo`yicha bilimlarni takomillashtirish maqsadida olib boriladi.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, XXR, Malayziya, Hindiston, RF va boshqalar bilan to`g`ridan-to`g`ri muassasalararo shartnomalar asosida hamkorlik olib borishmoqda.
Ushbu shartnomalar parofessor o`qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qo`shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni ko`rib chiqadi.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Britaniya Kengashi, Gyote nomidagi institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentliklari, Hindiston va Malayziya texnik hamkorlik dasturi, BMTningg rivojlanish dasturi, JB, ATB, ITB va boshqalar bilan yaqindan aloqa o`rnatgan.
Ushbu barcha dastur va loyihalar davlatda oliy ta’limni rivojlantirish, ilg`or xorijiy tajribani qo`llagan holda o`quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o`qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yo`naltirilgan.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining Tempus va Erazmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz.
Ayni paytda respublikada Evropa Ittifoqining Tempus o`quv dasturining 20ta loyihasi tadbiq etilib, ularda O`zbekistonning 40 atrofida oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi.
Tempus loyihasi asosan texnik fanlar va nazariy texnologiyalar sohasidagi magistratura va bakalavriat uchun o`quv dasturlarini ishlab chiqarishga bag`ishlangan. Respublika oliy ta’lim muassasalari evropa universitetlari bilan hamkorlikda turli fanlar bo`yicha yangi o`quv dasturlarini chiqish va mavjudlarini takomillashtirish bo`yicha hamkorlikda ishlar olib boradi. Bundan tashqari, Tempus loyihasi ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter uskuna va texniishlabkasi bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
Tempus loyihasi shuningdek, oliy ta’lim muassasalari professor o`qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan. Loyihalar doirasida evropa oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatli seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, malaka oshirish kurslari olib borilishini alohida ta’kidlash kerak.
O`zbekiston oliy ta’lim muassasalari Evropa Ittifoqining talabalar, o`qituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erazmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va o`qituvchilar evropa oliy ta’lim muassasalarida ilmiy amaliyot o`tash imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Hozirgi kunda xorijiy o`qituvchi va mutaxassislarni o`quv jarayoniga jalb qilish bo`yicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo`nalishdagi eng faol ish Koreya va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentliklari JICA va KOICA bilan olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida 1993-yil 19-martda tuzilgan madaniyat,fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitimga, 1993-yil 13-martda Moskva shahrida imzolangan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish hamda ularning malakalari haqidagi hujjatlarni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida tenglashtirish to‘g‘risidagi Bitimga amal qilib, oliy ta’lim sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘zaro manfaatdorlikni hisobga olib, insonparvarlik va muloqot madaniyati asosida ta’limning milliy tizimlari mazmunini yangilashga intilib, o‘zaro munosabatlarda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida qayd etilgan umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligidan kelib chiqib, quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar o‘zaro kelishuvga binoan belgilab olingan yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni sherikchilik tamoyillarida rivojlantiradilar. Ular bu hamkorlik uzoq muddatli va konstruktiv xarakter kasb etish uchun kuch-g‘ayrat sarflaydilar.
2-modda
-Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarni hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari deb biladilar:
-universitetlar, institutlar va o‘rta o‘quv yurtlari o‘rtasida bevosita aloqalarni rivojlantirish;
-ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va texnik ta’limni rivojlantirishga yordam beradigan o‘quv va ilmiy dasturlar hamda loyihalarni birgalikda tayyorlashni tashkil etish;
-yosh olimlar va professor-o‘qituvchi kadrlar almashish yo‘li bilan ilmiy salohiyatni kengaytirish;
-ta’lim tizimida litsenziyalash va akkreditatsiyalashning qiyosiy tahlilini amalga oshirish;
-axborot tarmoqlari va matbuot banklarini vujudga keltirish, mavjud materiallarni almashish va distansion ta’lim bo‘yicha yangi texnologiyalar ishlab chiqish;
-sherik-mamlakat tilini va madaniyatini o‘rganish.
3-modda
Tomonlar mavjud va kelgusida tuziladigan hamda xalqaro hujjatlarning bir qismi bo‘lib qoladigan qo‘shma dastur va loyihalar ishlab chiqishga ko‘maklashadilar, ularni amalga oshirishda ikkala mamlakat olimlari va mutaxassislari faol jalb etishiga yordam beradilar.
Ular xalqaro dasturlar va loyihalar doirasida oliy ta’lim mazmunini takomillashtirish, fundamental ta’limni rivojlantirish, o‘quv fanlari va o‘quv-metodik materiallarning yangi kurslarini vujudga keltirishni ko‘zda tutuvchi ishlarning bajarilishiga ko‘maklashishni niyat qiladilar.
4-modda
Tomonlar til va adabiyotlar sohasida bilimning boshqa sohalarida Tomonlarning talabnomalari bo‘yicha mutaxassislar almashadilar.
5-modda
Tomonlar o‘z davlatining fuqarolarini boshqa davlatning davlat ta’limi muassasalariga yuborilishiga ko‘maklashadilar.
Ular o‘zaro maqbullik prinsipi asosida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini kelishib olingan mutaxassisliklar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Oliy ta’lim Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga qabul qilish uchun ekvivalent kvotalarini belgilaydilar.
O‘qitishga nomzodlarning tayyorgarlik darajasi Tomonlardan har birining qabul qiluvchi oliy o‘quv yurtlari talablariga mos bo‘lishi kerak.
6-modda
Ushbu Bitimning 5-moddasiga asosan o‘qitishga tanlab olingan nomzodlar oliy o‘quv yurtlariga qabul qilayotgan Tomonning oliy o‘quv yurtlarida qabul qilish qoidalariga muvofiq kiradilar.
7-modda
Tomonlar belgilangan muddatlarda ushbu bitimning 5-moddasiga muvofiq navbatdagi o‘quv yilida o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar ro‘yxatlarini, ularning bo‘lajak ixtisosi va tanlagan oliy o‘quv yurtini ko‘rsatgan holda, o‘zaro almashib turadilar.
Tomonlar o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlarni qabul qilish imkoniyatlari haqida har yili 15-iyunga qadar bir-birlarini xabardor qiladilar.
8-modda
Jo‘natayotgan Tomon o‘qitishga kelishilgan har bir nomzodning:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasini;
o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi guvohnomasining (aspirantlar uchun oliy ma’lumot haqidagi diplom va unga ilovaning) notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasini;
qabul qilayotgan Tomon oliy o‘quv yurtida o‘qishga noloyiq salbiy ko‘rsatgichlari bo‘lmagan va OITS yuzasidan tekshiruv natijalari albatta qayd etilgan tibbiy ma’lumotnomani;
4 x 6 sm hajmdagi oltita fotosuratni;
nomzodning ma’lumot olganini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
9-modda
Ushbu Bitimning 5-moddasida ko‘rsatilgan kvotalardan tashqari Tomonlar sherik mamlakat fuqarolarini, ularni o‘qitish uchun xarajatlarni to‘liq qoplash sharti bilan, qabul qilishlari mumkin.
Bunday o‘qitishning moliyaviy va boshqa shartlari Tomonlar alohida tuzgan bitimlar bilan belgilanadi.
10-modda
Tomonlar o‘z oliy o‘quv yurtlariga sherik mamlakat fuqarolarini o‘qishga shartnoma asosida yakka tartibda qabul qilishga ko‘maklashadilar.
11-modda
Jo‘natayotgan tomon 9-moddaga muvofiq o‘qitish sarf-xarajatlarini to‘liq qoplash sharti bilan qabul qilingan o‘z fuqarolarini o‘qitilganlik uchun har yili qabul qilayotgan oliy o‘quv yurtining bankdagi hisob-kitob schyotiga o‘qitish pulining umumiy summasini o‘tkazishni ta’minlaydi.
Keyinchalik Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish qiymati rubl kursining o‘zgarishiga qarab indeksatsiya qilinishi kerak.
12-modda Sherik mamlakat fuqarolarini o‘qishga qabul qilgan ikkala Tomon oliy o‘quv yurtlari quyidagi hollarda ularni muddatidan oldin o‘qishdan chiqarib yuborish huquqini o‘zlarida saqlab qoladilar:
-o‘qishni o‘zlashtirolmaganda;
-sog‘liqni saqlash organlarining o‘qishni davom ettirishi mumkin emasligi haqidagi rasmiy xulosasi bo‘lganda sog‘lig‘iga ko‘ra;
-oliy o‘quv yurtlarida o‘zini tutish qoidalarini va hududida o‘zlari o‘qiyotgan davlat qonunlarini qo‘pol ravishda buzganda.
Talaba (aspirant) muddatidan oldin o‘qishdan chiqarib yuborilganda u foydalanmagan vaqt uchun qolgan mablag‘ o‘qitayotgan oliy o‘quv yurti tomonidan jo‘natgan Tomon bilan o‘zaro hisob-kitob qilish uchun o‘z mamlakatining oliy o‘quv yurtlari masalalari bilan shug‘ullanadigan davlat organiga qaytariladi.
13-modda
Ushbu Bitimning 5-moddasi doirasida o‘qishga qabul qilingan sherik mamlakat fuqarolariga qabul qiluvchi Tomon o‘z davlati fuqarolari uchun teng miqdorda stipendiya to‘lashni, o‘z davlati fuqarolari uchun belgilangan shartlarda yotoqxona, o‘quv auditoriyalari, kutubxonalar, laboratoriyalar va oliy o‘quv yurtining sport-sog‘lomlashtirish komplekslaridan foydalanish huquqini berishni kafolatlaydi.
14-modda
Ushbu Bitim doirasida o‘qishga qabul qilingan sherik mamlakat fuqarolari o‘qitayotgan mamlakat fuqarolari uchun yaratilgan shart-sharoitlarda tibbiy yordam va xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlanadilar.
15-modda
Jo‘natayotgan Tomon o‘z davlati fuqarolariga o‘qish joyiga borish va u yerdan qaytish, jumladan, ta’tilga kelib-ketish va ushbu Bitimning 12-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan muddatidan oldin o‘qishdan chiqarib yuborilganligi sababli kelishi, shuningdek uchinchi mamlakatga borishi uchun yo‘l xarajatlarini to‘laydi.
O‘qish jarayoni bilan bog‘liq safarlar yo‘l xarajatini qabul qiluvchi Tomon to‘laydi.
16-modda
Tomonlar ta’lim to‘g‘risida, ilmiy daraja va unvonlar to‘g‘risidagi hujjatlarni ekvivalentlash haqida protokol tayyorlash va imzolash bo‘yicha ish olib boradilar.
17-modda
Tomonlar qo‘shma ikki tomonlama va xalqaro tematik konferensiyalar, kengashlar, seminarlar va ko‘rgazmalar o‘tkazishni, oliy ta’lim muammolari bo‘yicha ilmiy-metodik, axborot va ma’lumotnoma materiallarini o‘zaro almashib turishni rag‘batlantiradilar.
18-modda
Ushbu Bitimni bajarish va talqin qilish bilan bog‘liq barcha masalalar maslahatlashuv va muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
19-modda
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
20-modda
Ushbu Bitim besh yillik muddatga tuzilgan va Tomonlardan biri Bitim kuchini yo‘qotishdan olti oy oldin ikkinchi Tomonga ushbu Bitimdan chiqish haqida xabar bermasa, uning kuchi keyingi besh yillik davrga ham o‘z-o‘zidan uzayaveradi.
1995-yil 27-iyulda Toshkent shahrida ikki nusxada, o‘zbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga egadir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ta’limning tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi ahamiyatini e’tirof etgan holda o‘zining 2018 yil 3 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 24 yanvarni “Xalqaro ta’lim kuni” deb e’lon qilgan. Shu munosabat bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Yadgor Ruzmetov ta’lim sifatini ta’minlashda xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar hususida fikr yuritdi.
Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 26-moddasida belgilab qo‘yilganidek, ta’lim olish har bir insonning huquqi. Shu bois, so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirishga katta e’tibor qaratildi. Oliy ta’lim muassasalarida yildan yilga talabalar sonining ko‘payishi o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilish, xodimlarni ilg‘or xorij tajribasi asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish zaruriyatini kuchaytirmoqda.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish, uni takomillashtirish va sifat darajasini oshirish yo‘lida ustuvor vazifa sifatida, dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlar bilan tajriba almashish, global ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etish belgilab berildi. Zero yopiq sharoitlarda ta’limni rivojlantirib bo‘lmasligini ko‘plab mamlakatlarning tajribasidan ma’lum.
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti turdosh xorijiy oliy ta’lim tizimlarini uyg‘unlashtirish masalasiga e’tiborini kuchaytirmoqda. Bugunga kelib 30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalari, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilishga evolyutsion yo‘l bilan intilmoqda.
Institut yoshlarning intellektual, ilmiy va texnologik salohiyatni shakllantirish va transport sohasini malakali kadrlar bilan to‘ldirib borish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Yaponiya hamda Xitoy Xalq Respublikalarining turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda ushbu davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida 390 nafar yoshlar tahsil olmoqda. Bu borada institutning hamkorlik geografiyasi yil sayin kengayib borayotganligini ko‘rish mumkin.
Institutda nafaqat ta’lim balki, tadqiqot potentsialini yuksalishiga ham katta e’tibor qaratilgan. Aslida ham har bir oliy ta’lim muassasasini oldida ta’lim, tadqiqot va jamiyatda o‘z professonal yo‘nalishining ilmiy rahbari bo‘lish vazifalari mavjud. Transport sohasiga innovatsiya olib kirish va tadqiqot imkoniyatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan muntazam aloqalar mavjud. Toshkent temir yo‘l muhandislaari institutining 40 nafar yosh ilmiy tadqiqotchilari xorijiy ta’lim muassasalarining aspirantura va doktarantura tizimida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Modulli ta’lim dasturlari, sillabuslar ishlab chiqishda, birgalikdagi o‘quv dasturlari, ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar va tadqiqotlar bilan bog‘liq muhim masalalar yechimida xalqaro hamkorlikka e’tibor qaratilmoqda. 2019 yil mobaynida 66 nafar xorijiy olimlar va amaliyotchilar ta’limga jalb etilganligi fikrimiz asosidir.
Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini ta’minlashda bugungi globalizatsiya jarayonlariga qo‘shilish, jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish mamlakatimiz kelajagi uchun juda muhim hisoblanadi. Ta’lim dunyoviy ilmiy-intellektual, badiiy-estetik va ma’naviy-axloqiy madaniyat yutuqlarini o‘zlashtirish jarayonidir va haqiqiy ta’lim milliy-davlat chegaralarini tan olmasdan jahon tajribalariga asoslangan bo‘lishi har qanday davlat kelajagi uchun kuchli omildir.
Joriy yilning 1-2-noyabr kunlari O‘zDJTU Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida Germaniyadan kelgan filologiya fanlari doktori Beate Rattay-Forstl (Dr. Beate Rattay-Förstl) bilan doktoranturada tahsil olayotgan izlanuvchilar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda ilmiy soha va ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirishga bo‘lgan etibor keskin kuchaydi. Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, sohaga bevosita daxldor vazirlik va davlat tashkilotlarining davlatimizda ilm-fanni rivojlantirish borasidagi vakolatlari yanada kengaytirildi. Joriy 2019-yilning 29-oktyabrida qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham aynan shunday vakolat va imkoniyatlarni mustahkamlaydi va kengaytiradi.
Hech shubhasiz, milliy ilmiy soha taraqqiyotida xalqaro hamkorlik va xalqaro tajribani o‘rganish sohada sezilarli samaralarga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan stajerlik va ilmiy izlanishlar uchun bir qator tadqiqotchilarni xorijiy davlatlarga yuborayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy ta’lim muassasalarida mamlakatimiz uchun mutaxassislar tayyorlash, xorijda yashayotgan ilmiy salohiyatga ega vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimiz fuqarolarini chet elda malaka oshirish, stajerlik, magistratura va doktoranturada tahsil olib, yurtimizga malakali va yuqori ilmiy salohiyatli kadr bo‘lib qaytishlari uchun olib borayotgan faoliyati, Fanlar akademiyasi, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy sohada ham xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilayotgani shular jumlasidandir.
Ilmiy sohada xalqaro hamkorlik xususida gap ketganda, albatta, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amalga oshirilayotgan bir qator ishlarni ham tilga olib o‘tish joiz. Chunki universitet bevosita xorijiy tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan maskan bo‘lgani uchun unda izlanish olib borayotgan olim va tadqiqotchilar faoliyati ham xorijiy tilni chuqur bilish va xorijiy tajribalarni o‘rganish bilan bog‘liq.
Ta’kidlash kerakki, universitet bir qator xorijiy nufuzli universitetlar bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolagan. Bugunga kelib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar xalqaro ilmiy hamkorlik sohasi rivojida ham yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda.
Germaniyalik olima Beate Rattay-Forstl bilan tashkil etilgan mahorat darslari ham ilmiy sohadagi hamkorlikning bir natijasi bo‘ldi.
Ma’lumot o’rnida, doktor Beate Rattay dastlab Lyudvig-Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti hamda Shveysariyaning Syurix universitetida ilmiy izlanishlar olib borgan. Keyinchalik xalqaro ekspert sifatida Argentina, Avstraliya, Finlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Hindiston, Eron, Yaponiya kabi dunyoning 19 davlatida turli loyihalar, ilmiy seminarlarda qatnashgan, universitetlarda nemis tili va adabiyoti bo‘yicha dars bergan. Ayni vaqtda u Myunxen texnika universitetida til o‘rgatish va xalqaro professor-o‘qituvchilarga madaniyatlararo masalalar bo‘yicha treninglar olib boradi hamda DAAD kabi xalqaro va milliy tashkilotlarning loyihalarida ishtirok etadi.
Mahorat kurslari davomida doktor Beate Rattay o‘zi faoliyat yuritgan nemis universitetlari, xususan, Myunxen texnika universiteti, Baden-Vyurtemberg ilmiy tadqiqotlar instituti, Mangeym universiteti, Bamberg universiteti, shuningdek, Fransiyadagi Pikardi, Pert shahridagi 80 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti va markazlari bo‘lgan G‘arbiy Avstraliya universitetlaridagi ilmiy maktablar, filologiya, siyosiy fanlar va texnika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Bevosita mazkur universitetlarning saytlariga tashrif buyurib, ulardagi professorlar va yosh izlanuvchilarning faoliyati, ilmiy seminarlar, Yevropada ilmiy ish qilish va maqolalar chop etishning asosiy talablari, qo‘lga kiritilgan ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish tajribasi kabi qator dolzarb masalalarda O‘zDJTU yosh olimlariga tushuntirish berdi. Jumladan, Germaniyada yosh mutaxassislar tomonidan ilmiy ish ustida ishlash nihoyatda ommalashgani, bugun Germaniya dunyoda eng ko‘p doktorantlar yetishib chiqadigan davlatlardan biriga aylangani va yiliga o‘rtacha 30 000 atrofida olimlar oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni bitirishi va ilmiy ishini yoqlayotgani haqida so‘zladi. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda texnika va tibbiyot sohasidagi ilmiy yutuqlar salmoqli bo‘lgan. Birgina Myunxen texnika universitetida 2017-yilning o‘zida 977 ta ilmiy ish himoya qilingan va olimlarga o‘z sohalarida tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja berilgan. Shu yili universitetga 1698 nafar yosh mutaxassislar doktoranturada o‘qish uchun qabul qilingan.
Mahorat kursidan so‘ng nemis olimasi bar qator tayanch doktorantlar bilan individual tarzda ham trening o‘tkazdi. Ularning ilmiy mavzulari va bu borada foydali manbalar, samarali ilmiy ish yozish bo‘yicha o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi.
O‘zDJTU 1-bosqich tayanch doktoranti Ahmedova Aziza bu xususda quyidagi fikrlarini bildirdi:
“Olmoniyalik matnshunos mutaxassis tarixiy manbalar bilan bog‘liq tadqiqot ishlarida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘yicha ma’lumot berdi. Xususan, adabiyotshunoslar uchun muhim mavzularda fikr almashdik. Suhbatlarimiz jarayonida Yevropada gumanitar fan yo‘nalishlarida qilinayotgan tadqiqot ishlariga qo‘yiladigan talablar haqida atroflicha to‘xtalib, o‘zining tadqiqot ishidan misollar keltirdi. Hozirgi kunda g‘arbda ulkan qiziqishga sazovor bo‘layotgan adabiy janrlar haqida bilish, shaxsan menda katta taassurot qoldirdi. Jumladan, Germaniyada hozirgi kunda keng jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘layotgan yozuvchilar haqida so‘zladi. Fikrimcha, g‘arb mutaxassislari bilan bo‘layotgan bunday hamkorlik kelajakda ilm-ma’rifatda jahon hamjamiyatining yetakchi mamlakatlariga tenglashishimizga xizmat qiladi”.
10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Xolid Husayniy asarlarining badiiy o‘ziga xosligi” mavzusida ilmiy ish olib borayotgan 2-bosqich tayanch doktoranti Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna:
“Uchrashuvda xorijlik mutaxassis Beate Rattay-Forstl bilan Afg‘on-Amerika adabiyotining diaspora xususiyatlari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlari borasida fikr almashdik. Suhbatimiz davomida mutaxassis nemis adabiyotshunosligida ham diaspora adabiyoti qiziqish bilan o‘rganilayotganligini ta’kidladi”.
1-bosqich tayanch doktoranti Nasriddinov Dilshod:
“Professor Beate xonim bilan suhbatimiz mobaynida o‘z ilmiy ishimdagi markaziy tushunchalar bo‘lgan fantastik adabiyot va fentezi janrlarining o‘xshash va farqli jihatlari, aynan Germaniyada bu janrning ilmiy o‘rganilishi va olimlar qarashlari, bu janrda ijod qiluvchi yozuvchilarning asarlariga keng kitobxonlarning e’tibori kabi mavzularda foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldim”.
Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlash lozimki, doktor Beate Rattay universitetdagi doktorant va tayanch doktorantlarning bevosita izlanish olib borayotgan mavzulari va sohalari bilan qiziqdi. Ularning dolzarbligi, nazariya va amaliyotda muhimligi, O‘zbekistonda chindan ham, kelgusida ilm-fan yanada rivojlanishiga keng yo‘l ochilayotganiga mazkur mahorat darslari davomida ishonch hosil qilganini gapirdi.

2020-yilning 6-noyabr kuni Qarshi davlat universitetiga Yaponiyaning “Jetro” Tashqi savdo rivojlanish tashkilotining Toshkent shahridagi vakolatxonasi bosh direktori Jun Takahashi tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan tashkil tadbirda asosiy e’tibor Qarshi davlat universitetida kadrlar tayyorlash tizimi, ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni uzviy yo‘lga qo‘yish, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va zavodlarning investitsiyaviy potensiali bilan tanishishga qaratildi.


Shuningdek, Qarshi davlat universitetida yapon tilini o‘rganish markazini tashkil qilish, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida Kunchiqar mamlakat oliygohlari bilan aloqalar o‘rnatish, informatsion texnologiyalar sohasidagi yangi loyihalar bo‘yicha fikr-mulohazalar, amaliy takliflar bildirildi.
Muloqotda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Xolmurodov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Xolmirzayev, Xalqaro hamkorliklar bo‘limi boshlig‘i A.Toreyeva, Turizm va marketing kafedrasi mudiri Sh.Yakubova, Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti G.Erkayeva hamda viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi bosh mutaxassislari D.Xo‘jayev, M.Abduqahhorova ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan takliflar asnosida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti bilan memoriandum imzolagan edi.
Ana shu kelishuv doirasida kuni kecha Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti hamda Osiyo Taraqqiyot Banki hamkorligida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish, izlanish va tadqiqotlar olib borish kompetensiyasini rivojlantirish hamda STEAM fanlarni umumtaʼlim maktablariga joriy etishdagi dolzarb masalalarga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Unda taʼlimda ilmiy-tadqiqot institutining umumiy roli va funksiyasini anglash, taʼlim statistik maʼlumotlari bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish, boshlangʻich va oʻrta taʼlimga STEAM texnologiyalarini va tajribalarini tatbiq etish hamda STEAM fanlarini qanday qilib samarali joriy etish tajribalarini almashish masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda o‘quv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan edi.
Hozirda ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Joriy yilning 10-12 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati bilan tanishish hamda anglashuv memorandumlarini imzolash uchun tashrifi amalga oshirildi.
Qarorda Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib, o‘quv jarayonini o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda nazariya va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali tashkil etish;
oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, jamoat xavfsizligini taʼminlashning eng dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda, o‘tkazish;
o‘quv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish vazifalari belgilangan edi.
Xususan, Joriy yilning 10-12 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati bilan tanishish hamda anglashuv memorandumlarini imzolash uchun tashrifi amalga oshirildi.
Mazkur tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish maqsadida 4 nafar oliy taʼlim muassasalari: Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi B.Beysenov nomidagi Karaganda Akademiyasi, M.Yesbulatov nomidagi Olmota Akademiyasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy instituti va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida anglashuv Memorandumlari, shuningdek Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi nomidagi Qozog‘iston Respublikasi Milliy universitetining Milliy gvardiya fakulteti va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv protokoli imzolandi.
Ushbu memorandumning maqsadi taʼlim sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini tartibga soladi. Ikki davlat oliy taʼlim dargohlarining istiqbolda turli sohalarda hamkorligi yaʼni ilmiy metodik konferensiyalar tashkil etish, ilmiy uslubiy qo‘llanmalar, darslik va metodik materiallar tayyorlashda, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish va zamonaviy ilmiy-metodik dasturlarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tashrifning birinchi kuni mehmonlar Universitetda yaratilan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasi hamda kadrlar tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, fahriy mehmonlar kitobiga iliq fikrlarini yozib qoldirdilar.
Tashrifning ikkinchi kuni mehmonlar uchun go‘zal va qadimiy Samarqand sayqaliga sayohat tashkillashtirildi. U yerda mehmonlar shaharningtarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylari va afsonaviy muqaddas qadamjolari bilan tanishdilar.
Tashrifning uchunchi kuni Qozog‘iston delegatsiyasi vakillari poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida “Mangu jasorat” monumenti, O‘zbek ayolining matonati timsoli sifatida Zulfiya aya Zokirova, uning urushdan qaytmagan besh farzandi hamda beva qolgan to‘rt kelini xotirasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga hurmat bajo keltirgan holda gulchambarlar qo‘yildi.
Ushbu taʼlim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik taʼlim sifati va samaradorligida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, sohalar bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash, ularning malaka va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Yana xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, ta'lim sohasida Respublikamizda qariyb 5 yil avval chet davlatlari bilan o‘za hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib kelinmoqda.
2017-yildan boshlab Rossiya va boshqa Yevropa davlatlari bilan hamkorlik aloqalari bo‘layotgan bo‘lsa, 2020-yildan boshlab Osiyoning Koreya Yaponiya, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Yüklə 44,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin