Ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati zikirova Dildora



Yüklə 33,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.12.2023
ölçüsü33,32 Kb.
#200928
  1   2   3
38-41



38
TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA YANGI
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASHNING AHAMIYATI
Zikirova Dildora
TMC instituti o‘qituvchisi
Har qanday mamlakatning kuch – qudrati uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Bu
esa bevosita ta'lim sifatiga bog‘liq. Ta'lim tizimida innovatsiya, integratsiya va o‘qitish sifati
monitoringini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarda o‘quv-
tarbiya
jarayoni natijaviyligiga
alohida e'tibor
qaratilmoqda.
Bunday
yo‘nalishdagi
tadqiqotlarda o‘qitish sifati monitoringining nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish,
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlarini tatbiq etish, uzluksiz
ta'lim tizimiga innovatsion g‘oyalarni, axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishga
oid ilmiy jihatdan asoslangan takliflarni,tavsiyalar tizimini ishlab chiqish, ta'lim va o‘qitish
sifatiga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, o‘qitish sifati monitoringini avtomatlashtirishga
alohida e'tibor qaratilmoqda.
Butun jahonda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar kishilik
jamiyatining oliy maqsadi bo‘lib kelgan - jismonan va axloqan barkamol, aqlan yetuk,
ma'naviy boy insonni tarbiyalash muammosining yechimini topishga qaratilgan bo‘lib, bu
demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatida muhim ahamiyat kasb etadi va
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimining natijali samaradorligini zamonaviy talablar
asosida oshirib borish vazifasini qo‘yadi.
Shu boisdan ham ta’lim jarayonida pedagogik
texnologiyalarni qo’llash orqali samarali natijalarga erishish mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib,avvalo “texnologiya” so‘zining, mohiyati, mazmunini
aniqlab chiqish lozim. “Texnologiya” so‘zi 1872 yilda qo‘shma, yunoncha, ya’ni “texnos” – san’at,
mahorat va “logos” - fan so‘zlaridan olinib, “mahorat fani" ma’nosini, “O‘zbek tilining” 1981 yilda
nashr etilgan izohli lug‘atida esa “ishlab chiqarish protsesslari, metod va vositalari xaqidagi
bilimlar majmui” degan ma’noni anglatadi.Buni pedagogika faniga ko‘chirib, “pedagogik
texnologiya” deb izohlaydigan bo‘lsak, unda “ta’lim - tarbiya qoidalari, metodlari shakl va
vositalari xaqidagi bilimlar majmui” degan ma’no kelib chiqadi. Chunki “Pedagogika” bu ta’lim -
tarbiya demakdir. Shunday qilib, “pedagogik texnologiya” bu ta’lim - tarbiya jarayonining qoidalari,
metodlari, shakllari,vositalarining mukammaligini anglatuvchi bilimlar yig‘indisi yoki san’atidir.
Zero, har bir tarbiyach o‘qitish va tarbiyalashning qoida, shakl, metod, vositalarini mukammal,
san’at darajasida bilsa, shunga qarab tarbiya jarayonini tashkil qilsa, tarbiyalanuvchini mustaqil
fikrlashga, muloxaza qilishga o‘rgatadi va ko‘zlangan maqsadga erishadi.
Buni faqat ta’lim-tarbiya muassasalarining o‘qitish-tarbiyalash jarayoniga yangi
pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish orqali, bo‘lajak barkamol avlodga yuksak insoniy
fazilatlarni shakllantirish mumkin. Shu bois mazkur muammo respublikamiz olimlarining diqqat
markazida turibdi. Mazkur mavzu doirasida mamlakatimizda maqolalar, qo‘llanmalar, risolalar
nashr etilmoqda.
Xalqaro tashkilot YUNESKOning ta’rifiga ko‘ra

Yüklə 33,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin