www.pedagoglar.uz 45-son 7–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 167
J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana
borib, sifat jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi. Ta’lim -
bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga
qodirdir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta’sir ko‘rsata
olmaydi. Demak, ta’lim rivojlanish qonunlariga bo‘ysunishi kerak. Masalan, bolada
mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o‘rgatish foydasizdir.
Ta’limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib
yetiladigan muayyan yoshidan qat’iy nazar bog‘liqligi ana shundan kelib chiqadi.
Ta’kidlash joizki, ta’lim yetakchi rolni bajaradi, ta’lim va rivojlanish esa o‘zaro bir-
biriga bog‘liqdir; ular alohida sodir bo‘ladigan ikki jarayon bo‘lmay, balki bir butun
jarayondir. Ta’limsiz to‘la aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim
rivojlanishga turtki bo‘ladi, rivojlanishni o‘z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit
tug‘ilganda ta’lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy
rivojlanish uchun zamin bo‘ladi. Lekin, ta’lim rivojlanishga turtki bo‘lish bilan bir
vaqtda o‘zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining
xususiyatlarini, rivojlanishning ichki qoidalarini, albatta, inobatga oladi. Ta’limning
imkoniyatlari juda keng bo‘lsa-da, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi
L.S.Vigotskiy ta’lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-
nazaridan yondashib, bilimlarni o‘zlashtirish insoniyatning tarixiy taraqqiyotida
yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir,-deb ta’kidlaydi.(3.47.) U olg’a
surgan psixik funksiyalar taraqqiyotining madaniytarixiy nazariyasiga ko‘ra, psixik
faoliyat taraqqiyoti uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta ko‘rgan holda, turli
alomatlar bilan avval tashqi, so‘ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy»
shaklini egallash tushuniladi.
1
Xulosa
1
International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed
Scientific-Theoretical and Practical Issues of DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-135-140 Psychology of Religion in
Uzbekistan