Ta’lim tizimida integratsiyaning o‘rni va tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə1/2
tarix29.04.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#104928
  1   2
TARBIYASI OG`IR BOLLAR


Ta’lim tizimida integratsiyaning o‘rni va tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash
Ta’lim tizimida integratsiyaning o‘rni va tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash
Prezidentimiz I.A.Karimov: «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, bugungi kunda “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” orqali shaxs tarbiyasiga va uning hayotda integratsiyalashgan jarayonda yashayotganiga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Tarbiya uzluksiz jarayon bo‘lib, inson dunyoga kelishidan boshlab, to umrining oxirigacha davom etib boradi. Bu jarayon davomida atrof-muhitdagi voqea-hodisalarning shaxsga salbiy yoki ijobiy aks ta’sir etishi uning insoniy fazilatlari qay darajada shakllanganlagini belgilaydi. Bugungi kunda ta’lim sohasi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri ham aynan, shu maqsadga qaratilgan bo‘lib, kelajak avlodni komil shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashdan iboratdir.
Afsuski, barcha mamlakatlarda bo‘lgani singari bizning o‘sib kelayotgan yoshlarimiz orasida ham tarbiyasi og‘ir va noqobil farzandlar mavjud bo‘lib, ularning tarbiyasi alohida e’tibor va yondashuvni talab etadi.
Ma’lumki, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan oila, mahalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shug‘ullanadilar. Tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning bahamjihatligi ta’minlansagina u o‘zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.
Agar biz farzandlarimizni har tomonlama etuk qilib tarbiyalamoqchi bo‘lsak, ya’ni komil insonni voyaga etkazishimiz uchun uni, har tomonlama o‘rganishimiz lozim. Tarbiyasi qiyin bolalarning hatti-harakatlarini psixologik tahlil etish va ularga amaliy jihatdan ko‘mak berish, mazkur yo‘nalishda hech bo‘lmaganda sodda va bajarilishi oson bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishimizni talab etadi.
Ushbu maqolaXalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv jarayonidagi muammoli savollardan biri ekanligi va“Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash ” bo‘yicha darslarni sifat va samaradorligini ta’minlash maqsadidagi talablarga javob berish uchun tayyorlandi. 
Mazkurmaqolatarbiyasi “qiyin” o‘smirlarning xatti-harakatlarini ijobiy yunalishlarga burish, ularning tarbiyasida uchraydigan turli salbiy og‘ishlardan asrab qolish imkonini yaratib beradi deb umid qilamiz.
Tarbiyasi og‘ir bolalar muammosi azaldan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan lekin, ammo, biroq hozirgi davr bolasini tarbiyalash itegratsiyasini (perefrazirovka) yaratish mumkin.Buning uchun tarix va kelajakning tarbiyaviy ahamiyat nazar tashlashimiz darkor. Uzbek millatiga xos bulgan urf-odalar, an’an-kadriyatlarimiz ruxida tarbiyalash
Bu muammoning yuzaga kelish sabablarini chuqur tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, tug‘ilgan bolaning uni dunyoga keltirgan shaxslarning kimligi, ikkinchidan, u qanday ijtimoiy muhitda tug‘ilib voyaga etib, ulg‘ayotganligiga e’tiborni qaratishimiz lozimdir. Sobiq Ittifoq davrida shaxs xulq-atvoriga irsiy omillar va uning tabiiy xususiyatlarini ta’sir qilishi haqidagi qarashlar inkor etilar edi. Biroq N.P.Dubinin, V.P.Efroimson, N.S.Kanstonistov, B.F.Sergeev va boshqa genetiklarning bildirishicha, shaxsning genetik xususiyatlari, undagi ba’zi tug‘ma kasalliklar va xususiyatlar ham shaxs xulq-atvorining shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etilishini e’tirof etganlar. 
Ko‘pchilikning fikriga qaraganda oxirgi paytlarda tarbiyasi og‘ir bolalar bilan bog‘liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular sonining keskin oshganligi takidlanadi. SHuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog‘lash mumkin, ya’ni, hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi (uzluksiz televizor ko‘rish, kompyuterdagi har xil o‘yinlar epizodlariga taqlid qilish, Internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o‘zlashtirishi) yoki kattalarning e’tiboridan chetda bo‘lishi, oiladagi krizis va hokazolar. Bu omillarni inkor etmagan holda, mazkur muammoning tub sabablarini bolaning psixik taraqqiyotidan qidirish lozim.
Hech kimga sir emaski bugungi kun bolalari o‘zlarining yigirma yil oldingi tengdoshlaridan farq qilishadi. Hozirgi yoshlar tez ta’sirlanuvchan, musaqillikka moyilligi yuqoriligi va shu bilan birga nisbatan befarq, o‘z vaqtlarini mazmunli ijtimoiy foydali faoliyatga sarflagilari kelmaydi. Vaholanki inson tabitan o‘ziga xos oson va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga moyil bo‘ladi. Inson xulq-atvori tarkibining aksariyati tabiiy instinktlari taziyqi ostida bo‘lishini inobatga olinishi kerak. Ushbu taziyqlarni to‘g‘ri muvofiqlashtirish insondan irodaviylikni talab qiladi 
Bu holatni zamonaviy texnikaning rivojlanganligi ta’siri deb ham izohlash mumkindir. Ko‘pchilik hollarda bolalardagi bu o‘zgarishlarga e’tiborsizlik va befarqlik ularning xulq-atvorida salbiy og‘ishlarining boshlang‘ich sababi va asosi bo‘lishi mumkin.
Amerikalik amaliyotchi psixologlar tomonidan psixologik xizmat doirasida bolani tarbiyasidagi salbiy o‘zgarishlarni oldini olishda eng avvalo bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish zarurligi ta’kidlanadi. Buning uchun bolani o‘zini o‘zgartirishga tayyorlash, ya’ni:
-tashqi muhit ta’siridan sarosimaga tushmaslikka;
-turli xil qiyinchiliklarni engib o‘tishga o‘rgatish lozim. 
Demak, olimlarning fikricha bolada mavjud noto‘g‘ri salbiy o‘zgarishlarni ruhiy rivojlanishning me’yor darajasiga etkazish orqali bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yo‘qotishga erishish mumkin ekan.
SHu o‘rinda psixologiya faniga murojaat etib, inson psixikasida ongning tarkib topishi xususiyada qisqacha to‘xtalib o‘tishni joiz deb topdik. 
Ma’lumki, inson ongining yuksak belgilaridan biri uning o‘zini anglashidir. Uning o‘zini anglashi o‘z navbatida shaxsning muxim belgisi xisoblanadi. Inson o‘z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Insonning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuqtai-nazardan olganda, insonning o‘zini anglashi sub’ektiv ravishda o‘zini «men» deb xis qilishida ifodalanadi.
Inson ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga o‘zligini anglash qobiliyati xosdir (perfrazirovka). Faqat ijtimoiy xayotda, o‘zga kishilar bilan qiladigan xar turli munosabatlarda odamning o‘zini anglashi, o‘zini «men» deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o‘zini aloxida shaxs sifatida kim deb bilishi, o‘zining o‘tmishi va kelajagini anglashi, o‘z xuquq va burchini anglashi va nixoyat o‘zining fazilat xamda kamchiliklarini anglashi o‘zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o‘zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari xamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. SHunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual xayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaragandainson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi – odamtug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muxitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi – odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nixoyat, uchinchisi – odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.
SHunday qilib, insonning psixik taraqkiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muxit va tarbiyaning roli xal qiluvchi axamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga xam bog‘liqdir. Bu faktor nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va ko‘zlarining rangig ovozi, gapirish uslublari, ayrim xarakatlari tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Ma’lumki, odamga xech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan berilmaydi, deb izohlanadi. Lekin, shuni xech qachon esadan chiqarmaslik kerakki, real hayotda ko‘pincha insonning xarakter xususiyatidagi salbiy og‘ishlar uninng nasliy tarkibi bilan bog‘liq ekanligiga amin bo‘lamiz. SHu o‘rinda 1-jadvalga e’tiboringizni qarating.
(!-jadval)

SHaxs faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar


Irsiy biologik omillar: Psixologik omillar: Ijtimoiy omillar:
- tug‘ma xususiyatlar;
- tug‘manuqsonlar;
- orttirilgannuqsonlar. - fikrlashtarzi;
- emotsionalta’sirlanishdarajasi;
- irodasi;
- temperamenti;
- xarakteri;
- qobiliyati. - jamiyattuzilmasi;
- ijtimoiyinstitutlar;
- ijtimoiyme’yorlar;
- turmushtarzi.
Insonning shaxs sifatida shakllanishi uning biologik va ijtimoiy omillariga bog‘liq ekan. Demak, bolalar xulq-atvorining salbiy tomonga og‘ishida xam bevosita o‘ziga xos yuqoridagi ikki omilning o‘rni bor. Bolaning xulq-atvori ko‘pincha o‘z oldiga quygan maqsadlari, qiziqishlari, ideallari va e’tiqodlari majmuida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xulq-atvordagi o‘zgarishlar bevosita yosh krizis davrlarining kechishi bilan bog‘liq yuz berishi tabiiydir.
SHunday qilib, boladagi salbiy illatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:
- birinchi o‘rinda, har bir yosh davrni o‘ziga xos psixologik rivojlanish darajalarini aniqlab olish lozim; (perefrazirovka)
- ikkinchi o‘rinda, bolani tarbiyasidagi sodir bo‘layotgan salbiy o‘zgarishlarni o‘rganib chiqish kerak;
-uchinchi o‘rinda, tarbiyasi og‘ir bolalarning psixologik rivojlanishini me’yorlashtirishga yo‘naltirilgan maxsus tadbirlarni ishlab chiqish lozimdir.
Buning uchun har birimiz o‘z kelajagimiz – avlodimizni – ta’lim-tarbiya jarayonlarini barqaror axloqiy xislat va hulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta’sir etish orqali biz o‘qituvchi-pedagoglarning berayotgan axborotlarida har tomonlama qo‘lidadir lozim.

Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin