3-rasm. YaIM tarkibida ta’lim xarajatlari ulushi, foizda
7
3-rasm ma’lumotlaridan ham ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda ta’lim tizimini
moliyalashtirish xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatiga hamihang ravishda katta
salmoqqa ega bo’lmoqda. Zero, mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish va yanada
rivojlantirish bevosita mazkur sohani moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik
darajasiga ham bevosita bog‘liqdir. Shularni hisobga olgan holda, davlatimiz o‘z
mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-
quvvatlashga katta e’tibor berib kelmoqda. Har yili ijtimoiy sohaga davlat byudjetidan
ajratiladigan mablag‘larning ulushi jami xarajatlarning o‘rtacha 52-55f oizini tashkil
etadi.
2020 yilda davlat byudjeti xarajatlarining 51,5 foizini ijtimoiy xarajatlar tashkil
etgan bo‘lib, 65 048,5 mlrd so‘m miqdordagi tasdiqlangan parametrda 74 231,8 mlrd
so‘m hisobida ijrosi ta’minlandi. Ijtimoiy xarajatlar tarkibida sezilarli miqdordagi
mablag‘lar ta’lim sohasiga yo‘naltirilmoqda va yo‘naltirilishda davom etmoqda.
Ijtimoiy soha xarajatlari oshirilmoqda, 2021 yilda ushbu yo‘nalishlarga 86 622 mlrd
so‘m yoki jami xarajatlarning 52 foizi rejalashtirilgan. 2022 yilda davlat byudjeti
xarajatlarining yarmi - 105 199,5 mlrd so‘m yoki umumiy xarajatlarning 49,0%i
ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi. Ijtimoiy xarajatlar
tarkibida eng katta ulushni esa ta’lim xarajatlari tashkil etmoqda (3-jadvalga qarang).
3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining ijtimoiy soha xarajatlari tahkibida
ta’lim xarajatlari salmog‘i (mlrd. so‘m)
8
№
Ko‘rsatkichlar
2017 y.
2018 y.
2019 y.
2020 y.
2021 y.
2022 y.
1.
Davlat byudjetining
jami xarajatlari
49344
79736
118009
144142,7
165879
214799,6
1.1
Ijtimoiy xarajatlar
27223
42883
63542
74 231,8
86622
105199,5
Dostları ilə paylaş: