Ta’lim tizimini moliyalashtirishni isloh qilish masalalari


darsliklar tayyorlash boshlanadi. Boshlang‘ich sinflarda DTS o‘rniga bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan «Milliy o‘quv



Yüklə 338,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.05.2023
ölçüsü338,65 Kb.
#111870
1   2   3   4
ta-lim-tizimini-moliyalashtirishni-isloh-qilish-masalalari

darsliklar tayyorlash boshlanadi.
Boshlang‘ich sinflarda DTS o‘rniga bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan «Milliy o‘quv
dasturi» joriy etiladi.
Boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, 
boshqa viloyatga borib ishlasa 100 foiz ustama to‘lanadi.
Hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar 
ajratiladi.
Hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar 
ajratiladi.
10 prezident maktabi; kimyo-biologiya, matematika va ATga ixtisoslashgan 197ta 
maktab ochiladi.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
702


3-rasm. 2021-yilda Oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha istiqbolli rejalar [1]. 
Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ko’plab islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha 2021-yil uchun bir qator 
islohotlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Bulardan oliy ta’lim muassasalarida davlat 
grantlari sonini kamida 25 foizga oshirilishi belgilandi. 
2021-yilda xotin-qizlar uchun grantlar soni 2 barobarga oshirilishi va 2 mingtaga 
yetkazilishi rejalashtirildi. Shu bilan birga a’lo o‘qiydigan ehtiyojmand qizlar uchun 
stipendiyalar ta’sis etilishi belgilandi. 
2021-yildan boshlab 30 ta oliy ta’lim muassasalarda o‘quv dasturlaini ishlab 
chiqish, qabul kvoti va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi berilishi 
kutilmoqda. 
 
4-rasm. 2021-yilda oliy ta’limdan keying ta’lim tizimini rivojlantirish
bo‘yicha istiqbolli rejalar [1]. 
OTMlarda davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi.
Xotin-qizlar uchun grantlar soni 2 barobarga oshirilib, 2 mingtaga
yetkaziladi. A'lo o‘qiyotgan ehtiyojmand qizlar uchun stipendiyalar
ta'sis etiladi.
Davlat kadrlar tayyorlash bo‘yicha xususiy OTMlarga ham buyurtma
bera boshlaydi.
30 ta OTMga o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va
moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi
.
• 2021 yilda «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali yetakchi xorijiy OTMlarga
magistratura va doktoranturaga o‘qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga
oshiriladi
• 2021 yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni
2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi (4,5 ming nafarga yetadi).
• Ilmiy unvonlar va darajalar berish vakolati oliygohlarning ilmiy kengashlariga
o‘tkaziladi.
• Fizika va chet tillari keyingi yilga ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari etib
belgilandi.
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
703


Oliy ta’lim tizimidan keyingi ta’lim tizimini rivojlantirish va o‘qishga kiruvchi 
yoshlar sonini 5 barobarga oshirilishi ko’zda tutildi. Shuningdek 2021-yilda ilm-fan 
sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni o‘tkan-yilga nisbatan 3 
barobarga oshirilishi aytildi. Bu islohotlar mamlakatimiz ta’lim tizimiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatishiga ishonamiz.
Xulosa va takliflar 
Islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning asl maqsadlarini 
taʼminlash, uning samaradorligiga erishishlik uchun nimalar qilmoq zarur? Yuqorida 
aytib oʻtilganlardan kelib chiqib, taʼlim tizimini moliyalashtirish, budjet 
mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalarimiz va 
takliflarimizni keltirib oʻtamiz. Bizning fikrimizcha, quyidagilarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiq sanaladi: 
- budjet va avtonom tashkilotlarga kengroq vakolatlarni, jumladan 
moliyalashtirish va xarajatlarni boshqarish sohasida, berish orqali yangi turdagi budjet 
muassasasiga oʻtishni yakunlash; 
- taʼlim muassasalari daromadlarining oʻsishini taʼminlash, bu esa aholi jon 
boshiga moliyalashtirishning joriy qilingan moliyaviy mexanizmlari va mehnatga haq 
toʻlashning yangi tizimi samaradorligini oshirish uchun zarur; 
- qisqa muddatlarda, yangi talablarni hisobga olgan holda, taʼlim tizimi uchun 
kadrlar - rahbarlar va menejerlarning malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning 
tayyorlanishini taʼminlash; 
- birinchi navbatda qishloq joylarida joylashgan, kompleks yondashuv va 
yetarlicha uzoq vaqt talab qiladigan taʼlim muassasalari tarmogʻini optimallashtirish 
masalasini hal qilish; 
- kichik qishloq maktablarini qishloq aholi punktlari uchun ijtimoiy ahamiyatini 
inobatga olgan holda ularni subsidiyalashtirilgan moliyalashtirish mexanizmini ishlab 
chiqish va takomillashtirish. 
Faqatgina yuqoridagi vazifalar kompleks yechilgan taqdirda, taʼlim 
muassasalarini moliyalashtirish tizimini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar oʻz samarasini beradi hamda barcha oʻquvchilarga yashash joyi, 
ijtimoiy, mulkiy holatidan qatʼi nazar, zamonaviy taʼlim standartlariga javob beradigan 
va Oʻzbekiston hududlarining innovatsion ijtimoiy yoʻnaltirilgan rivojlanish 
talablariga mos keladigan yuqori sifatli taʼlim olish imkonini beradi. 

Yüklə 338,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin