IV.Xulosa Eritmalar barchasi xayotimiz uchun juda zarur va kerakli hisoblanadi. Deyarli barcha sohalarda, har xil sanoat texnikasida, kimyo ishlab chiqarish korxonalarida, oziq-ovqat sanoatida, kiyim-kechak, dorishunoslikda, neft va boshqa ko’pgina sohalarda salmoqli ravishda ko’pyillardan buyon ishlatilib kelinmoqda. Eruvchanlikni o’rganar ekanmiz, ularning noyob xususiyatlarini gapirib o’tmay ilojimiz yo’q. Ba’zi korxona va zovodlarni eritmalarsiz ta’savur qilib bo’lmaydi. Har bir fanni o’qir ekanmiz avval nazariy so’ngra amaliyishlar natijasida takomillashtirib boramiz. Eruvchanliknining xossalarini o’rganishda ham xuddi shu yo’ldan foydalanmoq kerak deb o’yliman.
Avvalombor eruvchanlikning xossalarini mukammal egallab, so’ng esa egallagan bilimlarimizni mustahkamlash uchun topshiriq,masala va mashqlarni yechib o’rgansak,bilimimiz yanada takomillashgan bo’lar edi. Ayniqsa masala yechishga alohida to’xtalib o’tish zarur.Masala yechish natijasida eruvchanlik xossalarini yanada chuqurroq o’rganishga imkoniyat yaratiladi.
Asosan masalalar 3 xil usulda yechiladi.
Kimyoviy usul.
Arifmetik usul.
Algebraik usul.
Har bir usulda metallarning xossalariga oid masala yechib shunga amin bo’lish mumkinki, eritmalar va eruvchanlikni o’rganish cheksiz ya’ni chegara bilmaydi. Har bir usulda yechilgan masalalarda eruvchanlikning o’ziga xos xossalari namoyon bo’ladi. Masala yechishimizdan saosiy maqsadimiz shuki o’rgangan eruvchanlik mavzusini chuqurroq,mukammalroq egalashimizdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki nafaqat eruvchanlik balki har bir mavzuni o’qib nazariy bilimga ega bo’lganimizdan so’ng,albattda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish va masala,mashq,topshiriq va tenglamalarni yechish bilan olgan bilimlarimizni yanada mustahkamlashimiz zarurdir. Shundagina biz kutilayotgan yuksak natijalarga erishamiz deb o’yliman. Barcha o’quvchi va talabalarni o’zlarini olgan bilimlarini mustaxkamlash uchun faqatgina nazariy qism bilan chegaralanib qolmaslik kerak ekanligini , amaliy yo’l bilan ham o’zlarining onglarini charxlab borishga undab qolaman.