101
101
2. Xarakterni shakllanishi.
3.Xarakterni kasbiy sifatlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Xarakter, xaraktir, kalkik
chizik, tanga, chaka bo’rtma tamg’a..
Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga xarakter haqida
tushuncha berish. Xarakterni temperamentdan farqlash. Xarakterni ta’riflash.
Identiv o’quv maqsadi:
1.Xarakter haqida tushuncha beradi.
2. Xarakterni temperamentdan farqlaydi.
3. Xarakterni xususiyatlarini ta’riflaydi.
Birinchi savolning bayoni
Xarakter tipologiyasi va xarakter aktsentuatsiyasi.
«Xarakter» yunoncha «xaraktir» degan so’zdan olingan bo’lib, «kalkik
chizik» ma’nosini anglatadi. Bu erda tanga, chaka yuziga tushirilgan bo’rtma
tamg’a ko’zda tutiladi.
Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya ta’siri
ostida tarkib topgan va
uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshka kishilarga,
mehnatga, buyumlarga), o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon
bo’ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Shaxsning xarakteriga tegishli bo’lgan xususiyatlarni
xarakter xislat-lari
deyiladi. Xarakter xislatlari kishida tasodifiy uchraydigan xususiyat bo’lmay,
balki kishining xulkidagi
doimiy, barkaror xususiyatlar bo’lib, bu
xususiyatlar shaxsning o’zigagina xos bo’ladi.
Har bir odam ayrim paytlarda mardlik, salobatlilik, rostgo’ylik, sof-dillik
ko’rsatishi mumkin. Lekin kishining hayoti va faoliyatida ayrim paytlardagina
yuz beradigan bunday xususiyatlar hali uning barkaror xarakter xususiyatlari
bo’la olmaydi. Biz kishi xarakterini ta’riflamokchi bo’lganimizda, bu odam
mardlik kildi yoki rostgo’ylik, sofdillik ko’rsatdi demasdan,
balki bu odam
mard, rostgo’y, sofdil deb gapiramiz. Bu degan so’z, mardlik, to’g’rilik,
sofdillik shu odamga xos fazilat, uning xarakter xislati degan so’zdirki, tegishli
paytda mardlik, rostgo’ylik, sofdillik ko’rsatishni biz mukarrar ravishda bu
odamdan kuta olamiz. Agar biz bir kishining xarakter xususiyatini bilsak, bu
odamning tegishli paytda kanday xatti-harakat ko’rsatishni oldindan to’g’ri
taxmin kila yoki ayta olamiz.
Kishi xarakteri tarkibiga kiradigan ayrim xislatlari ijtimoiy munosa-batlarning
tarakkiyotiga bog’lik holda, tarixiy ravishda vujudga kelgan va o’zgargan.
Xarakter va uning shakllanishi, namoyon bo’lishi
uchun kishilarimiz-ni
o’rab olgan muhiti, turli faoliyatlarga turlicha munosabatlar, yashab turgan
jamiyatimizdagi munosabatlar sabab bo’ladi. Bu esa xalkimizda yangicha
xarakter xislatlarining shakllanishiga, asrlar davomida avlod-dan-avlodga o’tib
kelayotgan saxiylik, samimiylik, o’zaro hamkorlik, bir-biriga yordam, iffat,
sharm-hayo,
kamtarlik, mehmondo’stlik kabi sifatlar barkaror xususiyatlarga
aylanib kolmokda. Bu xususiyatlar yana avlod-dan-avlodga o’tadi va mazmun,
102
102
sifat jihatidan o’zgaradi va u kishilarni o’z-o’ziga, jamiyatga, mehnatga,
narsalar va hodisalarga bo’lgan muno-sabatlarda yangicha xarakter xislatlarni
shakllantiradi.
Zahmatkash xalkimizning xarakteridagi irodaviy,
axlokiy va fahm-farosatga
bog’lik bo’lgan xislatlar mustakillikni mustahkamlashda yana ham rivojlandi.
Xarakterning bu sifatlari terrorizmga karshi kurashda, diniy akidaparastlik,
vahobizm, narkomaniya va shu kabi illatlarga karshi kurashda yakkol namoyon
bo’ldi. Kancha begunoh kishilarning yostig’i kuridi, lekin xalkimiz o’zining
matonati, kat’iyati bilan o’z xarakterini namoyon kildi.
Hozirgi kunda laganbardorlik, xushomadgo’ylik, takabburlik, egaizm,
tamoyilsizlik kabi salbiy illatlar o’rnini o’zaro muruvvat, hamkorlik,
kishilarni
hurmat kilish, ularga ko’llaridan kelguncha yordamlashish, mehr-saxovat,
adolat, savobli ishlar kilish, halol va haromni, vijdonni his kilish yaxshi I ik
kabi ijobiy sifatlar egallab bormokda.
Bizda yangicha xarakter xislatlari tarkib topmokda. Bu kishilarning
mehnatiga yangicha munosabat,
jamiyat manfaatlariga sodiklik, mehr-
muruvvatli bo’lish, yordamga muhtoj kishilarga iltifotli bo’lish kabi yuksak
fazilatlar shakllanmokda.
Kishidagi mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib kolgan iroda
sifatlari xarakterning iroda bilan bog’lik bo’lgan xislatlaridir.
Kishining iroda bilan bog’lik bo’lgan xarakter xislatlari, odatda, undagi
emotsional xususiyatlar bilan muayyan nisbatda namoyon bo’ladi. Ba’zi
odamlarning irodasi tuyg’u-hissiyotlarida ustun turadi. Bunday odamlar o’z
.maksadiga etishiga xalal berish mumkin bo’lgan har kanday his-tuyg’ularini
darhol bostira oladi. Odatda, bunday odamlarni
irodasi kuchli, mustahkam
Dostları ilə paylaş: