Ta’lim vazirligi



Yüklə 102,19 Kb.
səhifə3/26
tarix25.04.2023
ölçüsü102,19 Kb.
#102184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
MFO\'M kurs ishi

Kurs ishining tuzulishi:Ushbu kurs ishi kirish,2 bob:1-bob Innovatsion pedogogik texnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari va 2-bob Geografiya darslarida innovatsion pedogogik texnologiyalarni qo’llash usullari,Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1-bob Innovatsion pedogogik texnologiyalarning
ilmiy nazariy asoslari


    1. Pedagogik texnologiyalarning mazmuni,ta’rifi va tasnifi

Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko’lamli, serqirra tushuncha bo’lib, u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o’z o’rniga ega. Ta’lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakli va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkonini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyaga aylanib bormoqda. SHu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so’nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.


Ishlab chiqarishdagi texnologiyalarda turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material (o’quvchi) ta’lim oluvchining aqliy, ruhiy, ahloqiy sifatlari bo’lib, ularga o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishi yo’lida har turli ta’sirlar o’tkaziladi.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyoti, axborot muhitining kengligi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanish sur’ati – ta’lim tizimiga davr talabi nuqtai nazaridan yangicha qarashni, uni jamiyat talablari va shaxs ehtiyojini hisobga olgan holda jahon standartlari darajasiga ko’tarish, ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishni taqazo etmoqda.
Respublika uzluksiz ta’lim tizimi uchun dastlabki pog’ona bo’lgan umumiy o’rta ta’lim tizimining tabiiy geografiya ta’limida ushbu muammo dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi.
Umumiy o’rta ta’lim tizimida ta’lim tarbiya jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdan maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy sharoit talablariga moslasha oladigan, har sohadan xabardor, ma’naviy barkamol shaxsni o’qitish, tarbiyalash jarayonini tezlashtirish hamda ularning tayyorgarlik sifatini nazorat qilishning ishonchli, bir maromga keltirilgan tizimini ishlab chiqishdan iborat. Uning mahiyati esa, ta’lim-tarbiya jarayonini jadallashtirish, o’kuvchilarning aqliy-ijodiy imkoniyatlarini ruyobga chiqarish, natijalarini ob’ektiv baholay olish, ko’zlangan natijalarga erishishni kafolatlashga qaratilgan pedagogik jarayonni anglatadi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillarda Amerikava G’arbiy ta’limni isloh qilish bilan bog’liq ravishda kirib keldi. B.Blum, J. Koroll, P.Ya.Galьperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur.
Ta’lim texnologiyasi, pedagogik texnologiyalar nazariyasining umumiy asoslari mohiyatini to’laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug’oviy ma’nosini tushunib olish taqazo etiladi. «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, «techne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatadi.

Yüklə 102,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin