Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka
asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko’plab xo’jalik
yurituvchi subyektlarning paydo bo’lishiga zamin yaratildi.
Shu munosabat
xo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobning to’g’ri yo’lga qo’yilishi va
uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning
dolzarb vazifalaridan biridir.
Хususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo’jalik
yurituvchi
subyektlarda hisob tizimining naqadar to’g’ri yuritilishi, xo’jalikning
iqtisodiy-
moliyaviy faoliyatini o’rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek
iqtisodiy ko’rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o’rganish
bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o’taydi.
Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’eklarning
iqtisodiy faoliyati makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish
(ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash,
shuningdek, samaradorlikka erishish
uchun muhim bo’lgan qarorlar qabul qilish iqtisodiy tahlil
fanining metodikasini
yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Тahlil natijasida olingan muhim
qarorlar bevosita xo’jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo’lsa,
ikkinchidan
ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo’jalik faoliyatiga bo’lgan
qiziqishiga hamda qo’shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.