Ta’lim vazirligi


GLOBAL IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING UMUMIY INDIKATORLARI



Yüklə 73,8 Kb.
səhifə12/19
tarix01.12.2023
ölçüsü73,8 Kb.
#170546
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
” fanidan kurs ishi mavzu

GLOBAL IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING UMUMIY INDIKATORLARI


Ular qatoriga quydagilar kiradi. Birinchidan, —Inson taraqqiyoti indeksi” reytingiga jami 189 mamlakat kiritilgan bo’lib, har bir mamlakatning global iqtisodiyotda tutgan mavqeini belgilaydi. Reytingdagi davlatlar o’rni ta’lim darajasi, umrning o’rtacha uzunligi va yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga to’g’ri kelishi bo’yicha belgilanadi. Shuningdek, gender tenglik, ayollar huquqlari va imkoniyatlarining kengligi, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ham hisobga olingan.
2018- yilda chop etilgan mazkur reytingda inson rivojlanishing eng yuqori darajasi 59 mamlakatda qayd etildi. Reytingda Norvegiya birinchi o’rinni egalladi, Shveytsariya ikkinchi va Avstraliya uchinchi o’rinda qayd etildi, Rossiya (49-o’rin), Qozoghston (58-o’rin), Turkmaniston 108-o’rinni, O’zbekiston —Inson taraqqiyoti indeksi” yuqori mamlakatlar qatoridan joy oldi va 105-o’rinni egalladi, Qirghziston 122-o’rinni va Tojikiston 127-o’rinni egallagan. Ro’yxatni eng quyi rivojlanish darajasi bilan Janubiy Sudan, Markaziy Afrik Respublikasi va Niger yakunlagan.
Ikkinchidan, KOF versiyasi bo’yicha dunyo mamlakatlarining globallashuv indeksi.
Dunyo mamlakatlarining globallashuv indeksi (KOF Index of Globalization), Shveysariya iqtisodiyot instituti (KOF Swiss Economic Institute) tomonidan aniqlanadi.
2002- yilda birinchi bor dunyo mamlakatlarining globallashuv indeksi (KOF Index of Globalization) Shveysariya iqtisodiyot institutining (KOF Swiss Economic Institute) Shveysariya texnologiya instituti (Swiss Federal Institute of Technology). hamkorligi asosida yaratildi. Ushbu indeks kompleks ko’rsatkich sifatida u yoki bu mamlakatning dunyo miqyosida integratsiyalashish ko’lamiga baho berib, uning jihatlari bo’yicha boshqa mamlakatlar bilan taqqoslash imkonini beradi.
Loyiha mualliflari globallashuvga milliy chegaralarni yo’qotuvchi, milliy iqtisodiyot, madaniyat, texnologiya, boshqaruv, shuningdek, odamlar, kapital, g’oya kabilarni o’z ichiga oluvchi turli xil oqimlar orqali bog’langan murakkab munosabatlarni va o’zaro aloqalarni vujudga keltiruvchi jarayon sifatida ta’rif berishadi. Bunga bog’liq ravishda indeks globallashuvning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatlarini o’z ichiga oladi.
Indeks doirasida tadqiq qilinadigan barcha mamlakatlar global integratsiyaning 3 ta asosiy guruhi tarkibiga kiritilgan 24 ta ko’rsatkich bo’yicha baholanadi:

  1. Iqtisodiy globallashuv - xalqaro savdo hajmi, xalqaro tadbirkorlik faoliyati darajasi, savdo oqimlari, xalqaro sarmoyalar, tarif siyosati, xalqaro savdoga cheklov hamda bojlar va boshqalar.

  2. Ijtimoiy globallashuv - madaniy integratsiyalashuv darajasi, mamlakatdagi xorijiy fuqarolar ulushi, xalqaro turizm, xalqaro shaxsiy aloqalar, telefon trafiklari hajmi, pochta jo’natmalari, transchegaraviy pul o’tkazmalari, axborot oqimlari, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanganligi va hokazolar.

  3. Siyosiy globallashuv - mamlakatning xalqaro tashkilotlarga a’zoligi, xalqaro missiyalarda ishtiroki (shu jumladan BMT missiyalari), ko’ptomonlama xalqaro bitimlarning ratifikatsiyasi, mamlakatdagi elchixonalar hamda chet el vakolatxonalarining soni va boshqalar.

Globallashuv darajasi indeksi yuqorida ko’rsatilganlarga mos ravishda quyidagi 36 foiz, 39 foiz va 25 foiz koeffitsientlarning yig’indisi sifatida hisoblab chiqiladi. Ushbu tadqiqot qamrab olgan barcha mamlakatlar uchun Globallashuv indeksi reytingi tuziladi. Mazkur reyting ularning tadqiq qilinayotgan boshqa mamlakatlar orasidagi o’rnini aniqlab beradi.
Indeksni shakllantirishda manba sifatida Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi, BMT, Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda statistika institutlari ma’lumotlarining ixtisoslashtirilgan bazalaridan foydalaniladi.
Uchinchidan, global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index) Kolumbiya universiteti professori Ksave Sala-i-Martin (Xavier Sala-i-Martin, Columbia University) tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum) 2004- yildan boshlab aniqlanib kelmoqda. Jahon iqtisodiy forumi fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligi davlatning va uning institutlarini barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlab berishi bilan belgilanadi. Institutsional omillar bilan birgalikda ta’lim va ishchi kuchining malakasini oshirish, yangi texnologiyalar va bilimlarga ega bo’lish ham asosiy omillar sifatida e’tiborga olinadi.
Jahon iqtisodiy forumi tadqiqotlariga ko’ra, mamlakatlarning reytingi ikkita indeks bilan aniqlanadi:
Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index, GCI);
Biznesni raqobatbardoshlik indeksi (Business Competitiveness Index, BCI).
Global raqobatbardoshlik indeksi 113ta ko’rsatkichdan iborat bo’lib, turli rivojlanish darajasida turgan mamlakatarning raqobatbardoshligini batafsil yoritib beradi. Barcha ko’rsatkichlar 12 ta guruhga kiritilgan:

  1. Institutlar sifati.

  2. Infratuzilma.

  3. Makroiqtisodiy barqarorlik.

  4. Sog’liqni saqlash va boshlang’ich ta’lim.

  5. Oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik.

  6. Tovar va xizmatlar bozorining samaradorligi.

  7. Mehnat bozorining samaradorligi.

  8. Moliya bozorining rivojlanganlik darajasi.

  9. Texnologik rivojlanganlik darajasi.

10.Ichki bozorning hajmi.
11.Korxonalarning raqobatbardoshligi.
12.Innovatsion salohiyat.


  1. Yüklə 73,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin