Ta’lim vazirligi


MILLIY IQTISODIYOT GLOBALLASHUVINING KO’RSATKICHLARI



Yüklə 73,8 Kb.
səhifə13/19
tarix01.12.2023
ölçüsü73,8 Kb.
#170546
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
” fanidan kurs ishi mavzu

MILLIY IQTISODIYOT GLOBALLASHUVINING KO’RSATKICHLARI


Milliy iqtisodiyotlarning tashqi dunyoga ochilishi ular tashqi iqtisodiy faoliyatining barcha shakllari bo’yicha kuzatiladi. Milliy iqtisodiyotning globallashuv ko’rsatkichlari bundan dalolat beradi va ularning eng qisqa to’plami taxminan quyidagicha ko’rinishga ega: tashqi savdoda - bu eksport kvotasi va import boj tarifi. Birinchi indikator eksportga yo’naltirilgan mahsulotning mamlakatda ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotga bo’lgan nisbatini tavsiflaydi va milliy hisoblar tizimidan olinadi. Soddalashtirilgan ko’rinishda u eksportning XQP bo’yicha YaIM (YaMD)ga nisbati sifatida hisoblanadi (tovarlar va xizmatlar jahon narxlari bo’yicha eksport qilinadi va shuning uchun ularni jahon narxlarida qayta hisoblangan YaIM (YaMD) bilan o’zaro bog’lanishini aniqlash zarur), biroq uni milliy hisoblar tizimidan olgan ma’qul (2018- yil yakunlariga ko’ra, O’zbekiston Respublikada tashqi savdo aylanmasi 33 815,3 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 27,3 %ga o’sdi. Shu jumladan, eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (o’sish sur’ati 13,6 %) va import hajmi 19 557,4 mln. AQSH dollariga (o’sish sur’ati 39,6 %) etdi. Tashqi savdo saldosi minus 5 299,5 mln. AQSH dollarini tashkil qildi). Ikkinchi indikator milliy bozorlarning chet ellik raqobatchilar uchun ochiqligini tavsiflaydi;

  • xalqaro bilimlar savdosida (ayirboshlashda) - bu bilimlar savdosi va YaIM hajmi o’rtasidagi o’sib boruvchi o’zaro nisbatdir. Xususan, mamlakatga royalti va litsenziyalar eksporti va importi hamda uning YaIM (YaMD) o’rtasidagi o’zaro nisbat bundan dalolat beradi. U foizning ulushlari ko’rinishida hisoblansada, shunga qaramay u ahvolni yaqqol ko’rsatadi: AQSHda 2013- yilda royalti va litsenziyalar eksporti va importining XQP bo’yicha hisoblangan YaMDga o’zaro nisbati 0,75% va 0,23%ni tashkil qilar edi, Yaponiyada - 0,67% va 0,37%, Xitoyda esa - 0,005% va 0,13%ga teng;

  • milliy iqtisodiyot uchun xorijiy kapitalning ahamiyati to’g’risida qator ko’rsatkichlar, shu jumladan, xorijiy kapitalning kirib kelishi va YaIM o’rtasidagi, shuningdek to’g’ridan- to’g’ri investitsiyalarning kirib kelishi va mamlakat ichida kapital qo’yilmalar hajmi o’rtasidagi (bu erda barcha to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ushbu kapital qo’yilmalarning tarkibiy qismiga aylanishi nazarda tutiladi) o’zaro nisbat ma’lumot beradi. Shuni aytib o’tamizki, ushbu o’zaro nisbat retsessiya va sust kon’yunktura davrida keskin pasayadi;

  • xalqaro ishchi kuchining migratsiyasini umumiy xalqaro migratsiyadan ajratish statistik jihatdan murakkab hisoblanadi, lekin umumiy aholi sonida immigrantlarning ulushidan foydalanish mumkin. Mamlakatning iqtisodiy faol aholi sonida doimiy va vaqtincha ishlash uchun kelganlarning ulushi ko’rsatkichi ahvolni yanada yaqqol ko’rsatan bo’lar edi, biroq u odatda faqat baholar bilan taqdim etilgan.

Globallashuv milliy iqtisodiyot uchun ijobiy, salbiy va ikkiyoqlama oqibatlarga ega. Ijobiy oqibatlarga iqtisodiy o’sishning jadallashuv imkoniyatlarining o’sishini, salbiy oqibatlarga - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining izdan chiqishi, ikkiyoqlama oqibatlarga esa - uning global iqtisodiyot kon’yunkturasiga qaramligining kuchayishi kiradi.
Globallashuvning faol ishtirokchilari bo’lgan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishning jadallashuvi, ular, jahon bozorida o’z ustunliklaridan kuchliroq foydalanishlari mumkinligi tufayli ro’y beradi. Bu xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy resurslar harakati konsepsiyalaridan, shuningdek mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligi nazariyasidan kelib chiqadi. Ularning xulosalariga muvofiq, ochiq iqtisodiyotli mamlakatlar globallashuvdan eng ko’p naf oladilar, va shuning isboti sifatida iqtisodiyotning ochiqligi va iqtisodiy o’sish sur’atlari o’rtasidagi yuqori korrelyasiya (o’zaro bog’liqlik) keltiriladi. Biroq ushbu korrelyasiyani boshqa mantiq bo’yicha ko’rib chiqish mumkin - milliy iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari odatda, uning xalqaro raqobatbardoshligining oshishi bilan birga kechadi, va shu sababli u tobora ochiqlashib borishi mumkin. XIX asrning eng ilg’or iqtisodiyoti - Britaniya iqtisodiyoti shu bilan birga eng ochiq ham edi, uni quvib etishga intilayotgan Amerika va Germaniya iqtisodiyotlari esa tayyor mahsulotlarga bir necha o’nlab foiz miqdoridagi import bojlariga ega bo’lib, ular ushbu bojlarni faqat o’z raqobatbardoshligining o’sib borishi bilan pasaytirib borar edilar.
Mamlakat iqtisodiy o’sishining izdan chiqishi, unda tashqi talab ta’siri ostida unchalik ilg’or bo’lmagan (lekin jahon bozoridagi raqobatbardosh) tarmoqlarning ilgarilab boruvchi rivojlanishi tufayli ro’y berishi mumkin bo’lib, buning natijasida mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi hatto pasayishi ham mumkin, globallashuvdan esa faqat ushbu tarmoqlar bilan bog’langan aholi qatlamlari va mintaqalar naf ko’radilar (iqtisodiy nazariya buni — “golland kasalligi” tushunchasi bilan ataydi). Bunga yaqqol misol bo’lib Rossiya hisoblanadi.
Ma’lumotlariga ko’ra Rossiyaning eksport kvotasi boshqa yirik iqtisodiyotlar darajasiga yaqin. Biroq, ushbu ko’rsatkich asosan xomashyo eksportidan iborat bo’lib, va natijada u jahon bozori kon’yunkturasining, tayyor, ayniqsa ilmtalab mahsulotlar jahon narxlarining tebranishlariga qaraganda ancha kuchli bohgan tebranishlaridan aziyat chekadi.
Bunda tashqi iqtisodiy sektordan soliq tushumlari (ayniqsa, uglevodorodlarga eksport bojlari) Rossiya jamlangan (konsolidatsiyalangan) byudjeti daromadlarining uchdan bir qismini tashkil etishini hisobga olish zarur. Bundan tashqari Rossiyaning ko’pgina eksportga yo’nahirilgan tarmoqlarida tashqi bozor, ushbu tarmoqlarni (neft va gaz, metallurgiya, o’g’itlar ishlab chiqarish) ichki kon’yunktura emas, balki ko’proq tashqi kon’yunkturaning hukmiga topshirib, ichki bozorni almashtirib bormoqda. Bu, fond bozoridagi bitimlarning yarmisi chet ellik rezidentlarga, uzoq muddatli kreditlarning uchdan bir qismi esa - xorijiy banklarga to’g’ri keladigan moliyaviy sektorda ham kuzatiladi. Bunday vaziyat, Rossiya kabi yirik iqtisodiyot uchun tashqi bozorga qaraganda ichki bozorning ahamiyatini oshirish zarurligini kohsatadi. Mahalliy, ayniqsa, zamonaviy tarmoqlarga nisbatan kuchliroq (asosan tarifli emas, balki davlat ko’magi ko'rinishiclagi bilvosita) proteksionizm ularning modernizatsiya qilinishiga va pirovardida ular raqobatbardoshligining oshishiga ko’maklashishi va shu asosda - ilmtalab tovarlar hisobiga Rossiya eksportining diversifikatsiyalashuviga yordam berishi mumkin. Bunga, iqtisodiyotni monetizatsiya qilinishining ortishi hisobiga moliyaviy sektorning modernizatsiya qilinishi ham, shuningdek, mamlakatda mulkchilik huquqlari himoyasining kuchayishi ham ko’maklashishi mumkin.
BSTga o’n sakkiz yillik a’zo bo’lib kirish jarayoni davomida Rossiya asta-sekin o’z raqobatbardoshligini oshirib, bir vaqtning o’zida import bojlari darajasini pasaytirib bordi. Shuning uchun, uning 2012- yilda BSTga a’zo bo’lib kirishi, yaqin yillarda o’rtacha torttirma import bojlarining ancha kam va asta-sekin kamaytirilishiga olib keldi (sakkiz yillik o’tish davrining yakunida, ya’ni 2020- yilga kelib taxminan 1,5 marta). Biroq, ayrim tovarlar uchun (masalan, samolyotlar, yuk mashinalari, go’sht, sut mahsulotlari uchun) bojlar jiddiy kamaytiriladi, xolbuki Rossiyada bojxona tarifi stavkasining 20 % bo’yicha harakat erkinligi mavjud (ushbu tovarlar bo’yicha stavkalar BST oldidagi majburiyatlar bilan bog’lanmagan). Rossiya Fanlar Akademiyasi ekspertlarining fikricha, BSTda ishtirok etish, Rossiya uchun yuksalish yillarida YalM qo’shimcha o’sishini 1 foizli punktga va inqiroz davridagi pasayishini 1 foizli punktga oshiradi.

  1. Yüklə 73,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin