Tashkilot va korxonalarga: -ko’rgazmali shaklda o’tkazilgan imtihonda ishtirokchilarning natijalari bilan tanishish, ular to’g’risida ma’lumotlar olish imkoniyati yaratiladi
-bitiruvchilarning amaliyotda egallagan malaka va ko’nikma darajalari bilan tanishib va talab bo’lgan kasblar bo’yicha mutaxassislarni tanlash va ishga taklif etish imkoniyati yaratiladi
-professional ta’lim muassasalari hamda iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha hamkorlik mustahkamlanadi.
Xulosa sifatida aytish joizki, mehnat bozoridagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni shakllanishida va ish beruvchilarning talablarida bitiruvchining maʼlumot darajasiga qoʻshimcha ravishda bitiruvchilarda amaliy koʻnikmalar yaʼni tegishli kompetensiyalar mavjudligiga ishon xosil qilish uchun har tomonlama puxta oʻylangan taʼlim tizimini yaratishni taqozo etadi. Xalqaro taʼlim tizimi bilan Oʻzbekiston taʼlim tizimini oʻzaro uygʻunlashuvini taʼminlash orqali bitiruvchilarning malakalarini xalqaro mehnat bozorida ham tan olinishiga olib keladi. Taʼlim tizimi transformatsiyasi jarayonida yangi professional taʼlim tiziming oʻrni va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq boʻladi:
1.Professional taʼlim tizimini mehnat bozoridagi ulushi yuqori ekanligidan kelib chiqib, oliy maʼlumot talab etilmaydigan ish oʻrinlariga mazkur yangi tizimda kadrlar tayyorlashni bosqichma-bosqich oshirib borish.
2. Professional taʼlim tizimini xalqaro taʼlim tizimi ilgʻor tajribalaridan kelib chiqib, takomillashtirib borish choralarini belgilash va amalga oshirishda davlat hamda ish beruvchilarning ishtirokini kengaytirish.
3. Xalqaro miqyosidagi oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojni qondirish va mehnat resurslari eksportida Oʻzbekiston ulushini yanada kengaytirish uchun professional taʼlim va xalqaro mehnat bozoridagi ish beruvchilarning toʻgʻri hamkorligini rivojlantirish.
4. Ichki mehnat bozorining ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, ayrim kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashda davlat buyurtmasining oshirish;