2.2. O’quvchi: Korxona (tashkilot) va ta’lim muassasasida belgilangan tartib qoidalariga rioya qiladi;
Korxona (tashkilot)ning ustaviga muvofiq ish jarayonlariga belgilangan tartib asosida qatnashadi;
Dual ta’limning nazariy va o’quv-amaliy qismi mashg’ulotlariga qatnashadi;
O’quv modul (fan dastur) larini to’liq o’zlashtiradi;
Amaliy mashg’ulotlarda berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi;
Dual ta’lim jarayoni vaqtida ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot)lardan biriktirilgan ustalar bilan doimiy aloqada bo’ladi;
O’quvchi kundaligini o’z vaqtida yuritib boradi va hisobotlarni topshiradi;
Yakuniy davlat attestasiyasiga puxta tayyorgarlik ko’radi va attestasiya jarayonlariga o’z vaqtida ishtirok etadi;
Ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot) tomonidan belgilangan tegishli vazifalarni bajaradi;
Uzrli sabablarga ko’ra ish va ta’lim jarayonlarida qatnashaolmaslik, ishga yoki o’qishga yaroqsizlik hollarda korxona tomonidn biriktirilgan instruktorga va professional ta’lim muassasasiga o’z vaqtida xabar beradi;
Qoldirilgan dars mashg’ulotlarini qo’shimcha topshiriqlarni bajarish va o’zlashtirish orqali bilim va ko’nikmalarini mustahkamlaydi.
3. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATLARI. 3.1 Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
3.2 Shartnoma shartlari dual ta’lim asosida qabul qilingan har bir o’quvchi (guruh)ning o’qishi davomida amalda bo’ladi.
3.3 Shartnomaga kiritiladigan qo’shimcha shartlar va o’zgartirishlarni Tomonlar o’n kun muddatda ko’rib chiqadi va qo’shimcha kelishuvlar bilan rasmiylashtiradi.
3.4 Kiritilgan qo’shimchalar shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
4. TOMONLAR JAVOBGARLIGI. 4.1 Tomonlar mazkur shartnoma bo’yicha o’zining majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar hisoblanadi.
4.2 Tomonlar mazkur shartnoma bo’yicha o’zining tegishli majburiyatlarini bajarmaslik yoki tegishli darajada bajarmaslikda, agarda yechimi yengib bo’lmaydigan kuchlarga sabab bo’lgan taqdirda va holatlarda javobgarlikdan ozod etiladi.