Tahlillar va natijalar: Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo’yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim-tarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini fivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiya tajribalarini o’rganish vat adqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi. Sho’rolar tuzumi davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi pedagogika ham kommunistik mafkura qobig’i bilan o’ralgan, uning rivojlanish me’yori cheklangan, ilg’or chet mamlakat g’oyalari esa burjua g’oyalari, deb tanqid qilinar va rad etilar edi. Holbuki har qanday g’oya ham o’zida ma’lum ijobiy jihatlarni mujassamlashtirishi mumkin, ularni amaliyotga joriy etish foydadan xoli emas edi. Jumladan, pedagogik texnologiya (PT) ham burjua didaktikasiga tegishli yo’nalish sifatida qarab kelindi va bu muammoni tadqiqot ob’ektiga aylantirishning iloji yo’q edi. Bugun malakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to’plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o’rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustivor yo’nalishlari ro’yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi» . Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vjudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz. Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi: Aynan o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishda qanday usullardan foydalanish mumkin? Albatta bunday hollarda o‘quvchilarni darsga qiziqtirish va ularda tinglay olish qobiliyatini shakllantirishda turli xil metodik o‘yinlar va usullar yaxshi samara beradi. Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi. Yuqoridagi aytilgan fikirlarda hulosa qiladigan bo‘lsak, hozirgi kunda o‘qituvchi shunday imkoniyatlardan foydalanib o‘z ustida ishlashi va o‘quvchilarga to‘g‘ri yo‘l tanlashda yo‘lchi yulduz vazifasini bajarish uchun harakat qilishi kerak. Shuni ham takidlab o‘tish Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi deb bejiz aytmagan yurtboshimiz. Darhaqiqat yosh avlodni tarbiyalashda maktabning o‘rni kattadir. Shuni aytish lozim, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev - Yangi O’zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi, degan fikrlari asnosida biz o‘qituvchilar o‘z ustimizda ishlashimiz lozim. Yosh avlodning tarbiyasida asosiy bosh bo‘g‘in bo‘lishimizni hech qachon esdan chiqarmaslgimiz kerak. Mamlakat kelajagi, uning go‘zal istiqboli saloyihatli yoshlarning ilg‘or va innovatsion g‘oyalari asosida yuksaladi. Bunaqangi taraqqiy topgan davlat barpo etish uchun esa, bugungi kun juda ham mas’uliyatli va shijoatli pedagog xodimlarimizdan intiluvchan, bilimga chanqoq o‘quvchilarni voyaga yetkazishimizni talab qiladi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon uchun yosh avlodni munosib ravishda tayyorlab borish, tarbiyalash, zamonaviylik tushunchasi bilan, insoniylik xususiyatlarini chambarchaslikda ular onggiga singdira olish ota-ona bilan bilan teng qatorda o‘qituvchilardan ham ko‘p mehnat talab qiladi. Izlanish, intilish va xohish bo‘lsagina bu kabi vaziyatlar ijobiy tus oladi.
Har bitta ta‘lim jarayoni o‘zining zamonaviy texnologiyalarga boyligi va yangicha yondashuvlari bilan o‘z sifat darajasini ko‘taradi. Bu yo‘lda davlat ham, pedagoglar ham shu o‘rinda yosh avlod ham bir xilda mas‘uldirlar. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, extibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha anxanaviy taxlimda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilganligidir. Zamonaviy texnologiyalar esa ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini taxminlashda zamonaviy o‘qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Innovatsiya so‘zi inglizcha innovation so‘zidan olingan bo‘lib, yangilik kiritish, yangilik degan ma‘nolarni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash demakdir. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
О‘tgan kunlar va yillarga nazar solganimizda oliy о‘quv yurtlarida chet tillarini о‘qitishda asosiy e’tibor grammatikasi bor tarjimaga qaratilganligi tufayli talabalar nutq faoliyatlarini о‘stirishda va fikrlarini erkin ifoda etishga qiynalar edilar. Boshqa ibora bilan aytganda grammatik qoidalarni mukkammal о‘zlashtirgan talaba ham о‘z nutqida u yoki bu qoidani qо‘llashda muommoga duch keladi. AQSH universitetlarida Diana Larsen Firmen, Karmen, Uillm, Litevuld kabi taniqli olimlarning fikrlari bilan tanishib chiqqanimizda ular ikkinchi tilni о‘rganishda avvalombor ona tilida gapirishni о‘rganish jarayonida e’tiborni qaratadilar. Nutqni endi о‘rganadigan yosh bolalar avval kо‘p marotaba eshitgach sо‘z va e’tiborlarini ingliz tilida talaffuz qilish yoki qо‘llash yо‘li orqali о‘rganadilar. Bunda asosan 4 ta faoliyat asosiy о‘rin egallaydi. Ular: eshitish va matnni о‘qish (in put-gabul gilish) gapirish va yozish (out put-ijro etdi)dir Demak, talaba kо‘p marotaba eshitib о‘qigandan sо‘nggina gapirish va yozish yoki amalda ijro etish mumkin. Bu faoliyatlarni amalga oshirishda hozirgi kunda keng tarqalgan. Total phusicol Response (TPR) yaxlit jismoniy javob usulini darslarga keng qо‘llash samarali natija beradi. Yaxlit jismoniy javob usulini 3 ta amalga oshiradi.
1. О‘qituvchi talaffuz qiladi va о‘quvchi ish harakatini bajaradi
2. Talaba talaffuz qiladi va ish harakatini bajaradi.
3. О‘qituvchi talaffuz qiladi va talabalar ish harakatini bajaradi.
Masalan: 1-bosqichda о‘qituvchi Lough-gilmog (so) sо‘zini bir necha marotaba talaffuz qiladi va harakatlarini bajaradi. Run-yugurmoq, smile- jilmaymoq, yawn- eslamoq, shzug-sholdzes- yelkani kesmoq Ikkinchi bosqichga о‘qituvchi sо‘zlarni qaytadan talaffuz etadi,talabalar esa har bir sо‘z ifoda ish harakatini bajaradilar. Bu faoliyat barcha talabalar tomonidan bir necha marotaba takrorlanadi. Natijalar talabalar yangi sо‘zlarni oson va yoddan chiqmaydigan holda eslab qolishni va о‘rgangan sо‘zlarni о‘z nutqlarni ishlatishga harakat qiladilar.
Xulosa: Bunday sharoitlarda fan o’qituvchilari zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g’oyalar, yo’nalishlarning keng qamrovida harakatlanishlariga to’g’ri keladi. Ma’lum narsalarni ochish emas, balki respublikamizda mavjud, qolaversa, xalqaro ijobiy pedagogik tajribalardan foydalanishlari zarur. Bugungi ta’lim texnologiyalarini o’rganmay turib, pedagogik savodli mutaxassis bo’lishi mumkin emas. Zero, “Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning birdan bir yo’li ta`lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni barkamol, komil inson qilib tarbiyalash” ekanligi doimo pedagoglarning e`tiboridadir. Demak, bugungi ta`lim oluvchi kelajakdagi savodli mutaxassis bo’lishi uchun bizning bosh maqsadimiz ham ma`nan barkamol, mustaqil fikrli shaxs tarbiyalashni izchil amalga oshirish shartdir. Bu borada ta`lim sohasida olib boriladigan ishlar katta ahamiyat kasb etadi.