Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149


Muhammad Xorazmiy (780 
– 850 yillar)
olamga kelgan. Uning to‘liq 
ismi sharifi Abu Abdulloh Muhammad Ibn 
Muso 
al-Xorazmiy. 
Buyuk 
alloma 
yashagan davr Sharq uyg‘onish davrining 
(IX asrdan boshlanib to XVI asrlargacha 
davom etgan) birinchi bosqichiga to‘g‘ri 
keladi. Arab halifaligida IX asrda vujudga 
kelgan davr tarixchi olimlar tomonidan 
Sharqda Uyg‘onish davrining boshlanishi 
hisoblanib, uning markazi Bog‘dod shahri 
bo‘lgan. Bu shaharda xalifa Xorun al-
Rashid (786 – 833) va uning o‘g‘li Ma’mun 
davrida Sharqda ilk bor “Baytul hikmat” (“Donishmandlar uyi”), hozirgi zamon tili 
bilan aytganda, akademiyaga asos solingan. Mazkur akademiya barcha ilm 
sohiblari to‘plangan fan dargohiga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi 
tashkil etilgan, rasadxona (observatoriya) qurilgan. Beruniyning ta’kidlashicha, 
ulug‘ zamondoshi va hamdiyori Muhammad Xorazmiy ushbu akademiyani 
boshqargan. “Baytul hikmat”da matematika, astronomiya, geodeziya, geografiya 
va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va al-Xorazmiy maktabi 


39 
yaratilgan. Ushbu akademiyada Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh Marvaziy kabi O‘rta 
Osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Xorazmiyning qalamiga mansub 
bo‘lgan 20 dan ortiq asarlardan bizgacha faqat 10 tasi yetib kelgan. Shulardan, 
“Kitob-u surat al-arz”, “Usturlob haqida risola”, “Quyosh soatlari”. Uning 
rahbarligida Yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida Yer meridianining 1 
gradusi o‘lchab chiqilgan. Xorazmiy “Kitobu surat al-arz” (“Yer surati”) taxminan 
836-847 yillarda yozilgan risolasi bilan IX asrdayoq jahon geografiyasi 
rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan allomadir.
Xorazmiy tomonidan yaratilgan bu kitobning mazmuni quyidagicha: bu kitob 
bir necha o‘nlab kartalar va izohlardan iborat bo‘lgan. Shularning hammasi 
“Kitobu surat al-arz” deb atalgan. “Arz” so‘zi – yer, dunyo ma’nosida, “surat” – 
qiyofa, ko‘rinish ma’nosini anglatsa ham, ko‘pincha “geografiya” so‘zi o‘rnida 
ishlatilgan, shuning uchun kitobning nomi “Yerning surati” yoki “Geografiya”
deb tarjima qilingan. Kitobning ikkinchi nomi “Kitobu rasm ar-rub al-ma’mur” 
(“Ma’muraning rasmi”, “Aholi yashaydigan chorak rasm”). Bu kitobning yagona 
qo‘lyozmasi 1878 yilda Qohirada topilgan bo‘lib, uning ayrim betlari yo‘qolgan, 
atlasdan esa faqat 4 ta karta saqlanib qolgan. Hozirgi paytda bu kitobning nusxasi 
Fransiyaning Strasburg universiteti kutubxonasida saqlanmoqda.
Kitobda berilgan izohnomalar birmuncha to‘liq saqlanib qolgan. Izohlar, 
asosan, zij tarzida, ya’ni raqamlar jadvali ko‘rinishida yozilgan. Har sahifada ikki 
qator jadval berilib, unda dunyoning turli hududlari: Afrika, Osiyo va Yevropa 
qit’alari iqlimlar bo‘yicha joylashtirilgan va koordinatalari ko‘rsatilgan. Jami 537 
ta eng muhim joyning nomi, g‘arbdan sharqqa qarab ketma-ket yozilgan. Avvalo, 
shaharlar birma-bir aytib o‘tilgan, so‘ngra tog‘lar (203 nom), dengizlar va
orollarning nomlari, eng oxirida daryolar alohida-alohida yozilgan. U geografiya 
tarixida birinchi bo‘lib, Amudaryo va Sirdaryoning Orol dengiziga quyilishini 
aytib o‘tgan. 
Namuna tariqasida H.Hasanov tomonidan kitobda keltirilgan jadval (“zij”) 
dan lavhalar keltirildi (bu yerda va boshqa sahifalarda qavs ichiga olingan so‘zlar 
muallifnki). 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin