149
O‘quvchilar geografik kartalarni o‘rganishda obyekt va hodisalarning
xususiyatlarini sxematik chizmada, rasmlarda va boshqa belgilarda aks ettirishlari
samarali natija beradi. O‘quvchilar, ayniqsa, tabiiy hodisalarning asosiy belgi va
xususiyatlarni doskaga chizib ko‘rsatilgan sxema va rasmlar vositasida puxta
egallab oladilar. Keyingi yillarda metodik adabiyotlarda geografiya darslarida rasm
va boshqa chizmalardan foydalanish bo‘yicha ko‘pgina maqolalar e’lon qilindi.
Gorst, graben, uzilma, platforma, vulqon, yer osti suvlari, sharshara, ostona, delta,
kabi yuzlab obyektlarni faqat rasm va sxemalar yordamida aks ettirish ularning
o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. Yangi materialni o‘tish jarayonida doska orqali
karta sxemalaridan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki unda eng asosiy
bilimlar aks etgan bo‘ladi. Karta sxemalarini yozuvsiz kartada chizish vaqtni tejash
imkoniyatini tug‘diradi. Uy vazifalarini tayyorlashda ham, kitob bilan ishlashda
ham o‘quvchilarning karta sxemalarni chizib kelishiga e’tibor berish kerak.
Dostları ilə paylaş: