174
noan’anaviy darsda an’anaviy darsdagidek tashkiliy, o‘tgan mavzuni
so‘rash, yangi mavzu bayoni va darsni mustahkamlash singari bosqichlari
bo‘lmaydi. Har bir darsning o‘ziga xos loyihasi bo‘ladi.
noan’anaviy darsda aniq bir ta’limiy metod yoki usul hukumronlik
qilmaydi. Darsning borishi jarayonida ta’limiy metodlar va usullar almashinib
boradi.
noan’anaviy darslarda o‘quvchi shaxsi birinchi o‘rinda turadi. Shuning
uchun o‘quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash bunday darslarning tashkiliy asosi
bo‘ladi.
mustaqil ishlar turi xilma-xil, topishmoq, ashula, badiiy drama
ko‘rinishlari noananaviy darslarning mazmunini tashkil etadi.
noan’anaviy darslarda birgina darslik emas, qo‘shimcha badiiy, ilmiy,
atlas, matbuot va boshqa materiallardan foydalaniladi.
noan’anaviy darslik o‘quvchilarning dars mavzusini o‘zlashtirib olish
imkoniyatini kengaytiradi.
Dostları ilə paylaş: