Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149


3.3 Germaniyada geografik ta’lim 
XX asrning 90-yilida jahon siyosiy kartasida birlashgan yagona Germaniya 
davlati paydo bo‘ldi. Ta’kidlab o‘tish joizki, yagona Germaniyaning bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li bizning mamlakatimizdagiga o‘xshab ketadi. Ayniqsa, 
Germaniya Demokratik Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha olib 
borilayotgan ishlar ham bizning sharoitimizga to‘g‘ri keladi. 
Germaniyaning hozirgi davr ta’lim tizimidagi asosiy muammolaridan biri 
sifatida sobiq GDRdagi ta’limni bir xil milliy me’yorga solishga qaratilganligi 


93 
bilan xarakterlanadi. Avvalambor shuni ta’kidlash joizki, Germaniyada ta’lim 
davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha hisoblanib, u mamlakatning 
iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar ichida kuchli oltilikka kirishiga imkon 
bergan. Germaniya ta’lim tizimining tuzulishi quydagicha: Germaniyada ta’lim 
tizimi: maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich 
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi 
bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni 
mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari xayriya birlashmalari korxonalar 
xususiy shaxslar diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga 
o‘z farzandlarini tarbiyalanganliklari uchun ancha miqdorda pul to‘laydilar. 3 
yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80%i bog‘chalarga qatnaydi. Germaniyada 
odatda bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida 
esa uyda oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor. 
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli. Bu 
jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) to‘liqsiz 
maktabda o‘qishni bitiradi. Keyin hunar-texnika bilim yurtida o‘qishni davom 
ettiradi. Ta’lim davlat maktablarida bepul bo‘lib, maktab o‘quvchilarni o‘quv 
qo‘llanma, darsliklar bilan ta’minlaydi. Xususiy maktablar ozroq. O‘qish 6 
yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich 
maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 
5-6 sinf bosqichdagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. 
Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: 
Bular: asosiy maxsus maktab real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy 
maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka 
o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo‘lgan bolalar o‘qiydi. Real bilim 
yurtlar asosiy maktab va yuqori maktab o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu yerda 
o‘qish 6 yil davom etadi (5-13 sinfgacha) va to‘la ma’lumot berish bilan 
tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori 
bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. 
Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13 
sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. 
Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish 
imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, 
chunki yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. To‘liqsiz o‘rta 
maktabni 
bitiruvchilarning 
(9-10 
sinflar) 
79% 
to‘liq o‘rta maktabni 
bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. 
Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O‘qish uch bosqichdan 
iborat bo‘lib birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan 
kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslash berilib yirik korxonalarda 
amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi 
beriladi. O‘quvchining birinchi yildan ikkinchi yilga o‘tish sinov imtihonlari 
o‘tkazilib, o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida 
maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus 
komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi 


94 
mutaxassislari
,
federal yerlardagi sanoat palatasi hunarmandchilik palatasi 
vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga 
kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish 
talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz, ya’ni maktabni tugatganligi 
to‘g‘risidagi hujjatga binoan amalga oshiriladi. Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish 
huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan 
Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan 
bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki tamoyiliga amal qilinadi. Uning 
tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar 
kiradi. Talabalar o‘qishi erkin tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan 
birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki 
ularning ota-onalari oziq-ovqat xarajatlarini ko‘tara olmasa, o‘qish uchun 
moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidaga federal qonunga ko‘ra ular moliyaviy 
yordam oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi 
yarmi qarz tariqasida beriladi. 
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhokama 
qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir 
universitetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga qadar 
korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga 
olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini 
tushunamiz. Shuni ta’kidlash lozimki, Germaniyadagi mavjud ta’lim o‘ziga xos 
yo‘nalishga ega bo‘lgan juda murakkab tizim hisoblanadi. 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin