4. TEVni foydalanishning ergonomik talabalari: E rgonо́mika (qadimiy grekcha. ἔργον — ish va νόμος — «qonun») — an’anaviy tushunishda – lavozim majburiyatlari, mexnat ishchi o’rinlari, predmet va ob’ektning, shuningdek kompyuter dasturlarining inson organizmining fizik va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishchining eng xavfsiz va samarali mehnatini moslashtirish haqidagi fan..
Ergonomika xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan 2010 yili ergonomikaning eng keng berilgan ta’rifi: «Inson va boshqa elementlar tizimining o’zaro ta’siri, shuningdek inson sog’-salomatligini ta’minlash va sistemaning umumiy unumdorligini maqbullashtirish (optimallashtirish) uchun shu fanning nazariyalari, tamoyillari, ma’lumotlari va uslublarini qo’llash bo’yicha faoliyat sohasini o’rganadigan ilmiy fan» kabidir.
TEV ergonomik talablar o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda quriladi va ular o’qishga motivatsiyani ko’tarishni ta’minlaydi, axborotni taqdim etishni belgilaydi. Ergonomik talablar o’quvchiga nisbatan TEV ni tashkil etishda va uning do’stona interfeys komponentalarida insonparvarlik munosabatlarini ta’minlash, o’quvchilar tomonidan erkin ketma-ketlikda va ish tempida zarur zslatma va ko’rsatmalarni foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi va bu bilan o’kuvchilar psixiksiga salbiy ta’sir qilmaslikni ta’minlaydi, mashg’ulotlarda yaxshi muhit yaratadi.
TEV ishlab chiqishdagi sog’liqni saqlash va ergonomik tabiatidagi talablarkompyuter texnikasida ishlashning gigienik va sanitariya me’yorlariga mos keladi. TEV ni tahlil qmlishda video-displeylik terminallar (VDT) va shaxsiy kompyuterlar bilan ishlashdagi mehnat va dam olish tartiblari katta ahamiyat kasb etadi: TEV shunday yaratilishi kerakki, u ishlaganda sanitar me’yorlari kompyuternikidan oshib ketmasligi lozim.
Agar sanitar me’yorlarga mos kelmasa, u holda o’quvchilar tomonidan materialni qabul qilaolmaslikka (yosh xususiyatlari talablari) yoki salomatligini yomonlashishiga (sanitar talablar) olib keladi.
Estetik talabalar ergonomik talablar bilan juda bog’liq va ular TEV ning vazifalik belgilanishiga estetik rasmiylashtirishni, o’quv muhitining tartiblanganligini, grafik va tasviriy elementlarini mosligini, rang koloritini TEV ga mosligini belgilaydi.
Elektron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurlarini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo’ljallangan bo’lib, ko’proq chuqurlashtirib o’qitiladigan fanlar bo’yicha yaratilishi lozim. Uzluksiz ta’lim tizimidan fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmuni tez o’zgaruvchan, chuqurlashtirib o’qitiladigan, umumkasbiy va maxsus fanlar bo’yicha asosan kam adadli elektron o’quv adabiyotlari tayyorlanadi.
O’quv adabiyotlari – muayan ta’lim turi (yo’nalishi yoki mutaxasssisligi) o’quv rejasida qayd etilgan fanlar bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo’lib, ikki shaklda: an’anaviy va elektron ko’rinishda tayyorlanadi.
O’quv adabiyotlar qanday shaklda tayyorlanmasin, ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologk xususiyatlarini, ma’lumot hajmi, shriftlari kabi ko’rsatkichlari hisobga olinishi lozim.