Ko’z sharining tashqi qobig’I sklera, shaffof old qismi shoh parda. Sklera ichki tomonidan tomirli qobiq bilan qoplangan.Tomirli qobiqning old qismi kamalak qobiqqa tutashgan. Uning o’rtasida doirasimon teshik-qorachiq mavjud.Tomirli qobiq ostida to’r parda bo’lib zich joylashgan nerv tolalarining uchlaridan iborat. Kamalak qobiq ortida shaffof jism –gavhar joylashgan bo’lib unga tutashgan maxsus muskullar gavharning egrilik radiusini o’zgartirib turadi.Shoh parda bilan gavhar oralig’ida rangsiz suvsimon suyuqlik bilan to’ldirilgan. Gavhar bilan to’r parda oraligida shishasimon jism tashkil etadi. Gavhar ikkiyoqlama qavariq linza bo’lib, nur sindirish ko’rsatgichi 1,5 ga teng