2. Nixoyat amalga oshirish qonuni yangilikning xayotiyligi boʻlib, erta yo kech,
stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
Yuqorida keltirilgan dunyo sistemasi uchun bir necha asrlar davomida
xukumronlik qilgan dunyoning geotsentrik sistemasi oʻz oʻrnini
ongli ravishda
geliotsentrik sistemaga boʻshatdi. Natijada markazida quyosh turuvchi geliotsentrik
sistema qaror topdi.
3. Komillashtirish qonunida pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga
tushirish va amaliy harakat tendensiyasiga ega boʻladi.
4. Pedagogik innovatsiyaning davriyligi va qaytishi qonuni boʻyicha yangilik,
yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Taʼlim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllashga
boʻlgan
qiziqish, eʼtibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday boʻlishining
sabablaridan biri, shu vaqtgacha anʼanaviy taʼlimda talabalarni faqat tayyor bilimlarni
egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan
bilimlarni oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib
tahlil qilishlariga, xatto
xulosalarni oʻzlari keltirib chiqarishlariga oʻrgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan
bir qatorda boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Taʼlim
jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib,
ularga quyidagilar kiradi:
• talabaning dars davomida befarq boʻlmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va
izlanishga majbur etishi;
• talabalarni oʻquv jarayonida bilimga boʻlgan qiziqishlarini doimiy ravishda
boʻlishini taʼminlashi;
• talabaning bilimga boʻlgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga
ijodiy yondoshgan xolda kuchaytirishi;
• pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Pedagogik
texnologiyalar
-
pedagogik
texnologiyalar
masalalarining
muammolarini oʻrganayotgan oʻqituvchilar, ilmiy - tadqiqotchilar, amaliyotchilarning
fikricha, pedagogik texnologiya - bu faqat axborot texnologiyasi bilan bogʻliq, hamda
oʻqitish jarayonida qoʻllanishi zarur.
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - bu oʻqituvchi
va talabaning
belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijada hamkorlikda erishishlari uchun
tanlangan texnologiyalariga bogʻliq, yaʼni oʻqitish jarayonida, maqsad boʻyicha
kafolatlangan natijaga erishishda qoʻllaniladigan har bir taʼlim texnologiyasi
oʻqituvchi va talaba oʻrtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy
natijaga erisha olsa, oʻquv jarayonida talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay
olsalar, izlansalar,
tahlil eta olsalar, oʻzlari xulosa qila olsalar, oʻzlariga, guruxga,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
791
gurux, va ularga baxo bera olsa, oʻqituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun
imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu, oʻqitish jarayonining asosi hisoblanadi.
Har bir dars, mavzu oʻquv predmetining oʻziga
xos texnologiyasi bor, yaʼni
oʻquv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon boʻlib, u
talabaning extiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yoʻnaltirilgan, oldindan
loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Oʻqituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit xolatda koʻra bilish va uni tasavvur
etish uchun boʻlajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda oʻqituvchiga u
tomonidan boʻlajak darsni texnologik haritasini har bir mavzu, har bir dars uchun
oʻqitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talabalarning imkoniyati va
extiyojidan kelib chiqqan xolda tuziladi. Bunday texnologik
haritani tuzish oson
emas, chunki buning uchun oʻqituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika,
pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor boʻlishi, shuningdek, juda koʻp
metodlar, usullarini bilish kerak boʻladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli boʻlishi
avvaldan puxta oʻylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik haritasiga
bogʻliq.
Dars prezentatsiya usulida oʻtilishi uchun avvalo
beriladigan mavzu asosida
slaydlar tayyorlanadi. Shu sababli slaydlarni tayyorlashda avvalo mavzuni toʻla
yoritish, rasmlar va jadvallarni aniq koʻrinadigan qilib (xaddan tashqari uzun
boʻlmasligi) va eng asosiysi talabalar koʻzlarini toliqmasligini hisobga olish kerak.
“Nazariy mexanika” va “Mexanizm va mashinalar nazariyasi” fanlari boʻyicha
mexanizmlarni multimediya koʻrinishida tayyorlash maqsadga muvofiq boʻladi.
Rasmlarni imkon qadar tarqatma materiallar koʻrinishda berib, asosiy tushunchalarni
oʻqituvchi tomonidan tushuntirilsa, bu talabalarga ancha yengillik yaratadi.
Oʻqitish jarayonida talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik
texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qoʻllanilishi ularni mustaqil, erkin
fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, masʼuliyatni sezish, ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga,
eng
asosiysi, oʻqishga, fanga, pedagogga oʻzi tanlangan kasbiga boʻlgan
qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda oʻquv jarayonida innovatsion va axborot
texnologiyalarni qoʻllashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan baʼzilari
xaqida toʻxtalib oʻtamiz va ularni oʻtkazish tartibi xaqida toʻxtalib oʻtamiz:
Dostları ilə paylaş: