208
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan
pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy
aylanishi
samaradorligining
o‘sishiga
xizmat
qiladigan,
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini
amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida
bo‘lgan qarziy mablag‘lar asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda XYuS
o‘z mablag‘larining (sof foyda va amortizatsiya) salmog‘i muhim
ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish
va ulardan samarali foydalanish alohida rol o‘ynaydi.
YaIM va MDni qayta (ikkilamchi)
taqsimlash davlat va
XYuSlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir
bo‘ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi
daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar
undirish yo‘li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi
hisobidan
mamlakatning
davlat
moliyasi
tashkil
topadi
(shakllanadi).
XYuSlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini
ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi
orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va
banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan
yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar
va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir
bo‘ladi.
Ko‘p darajali byudjet tizimi va byudjetdan tashqari maxsus
fondlar
faoliyatidagi
qayta
taqsimlash
jarayonlarini
takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va
davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan
uzviy bog‘langan:
•
byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlashning
samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan
fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liqki, bu siyosat o‘z
navbatida,
ishlab
chiqarishning
o‘sishi
va
XYuSlarning
investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘sishini
rag‘batlantirishni ko‘zda tutmog‘i kerak;
•
bank-kredit
sektori
orqali
pul
resurslarining
qayta
taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy
instrumentlari va mexanizmlari bo‘lib quyidagilar hisoblanishi
mumkin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar
hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va
depozit
foizlarining
stavkasi;
qimmatli
qog‘ozlar
bozori.
193
bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratishi kerak. Davlat va uning
moliyaviy tizimga ilmiy-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish
vazifasi yuklatildi. Moliyaga iqtisodiy o‘sishni uzoq muddatli
rag‘batlantirishni ta’minlash vazifasi yuklatildi. Umumiy tarzda, bu
jarayonlarda davlatning roli minimallashtirildi. Bu nazariya
mualliflarining ayrimlari davlatga “kechki qorovul va politsiyachi”
funksiyalarini berish bilan cheklanishni taklif etdi.
Boshqa nazariyalar bilan bir qatorda “taklif iqtisodiyoti”
nazariyasida soliqlarga alohida o‘rin ajratilgan. Uning vakillari -
soliqlarni qisqartirish tarafdori. Biroq, soliqlarga antitsiklik
konyunkturaviy tartibga solishning vositasi sifatida qaragan
keynschilardan
farqli
o‘laroq,
ular
jamg‘armalar
va
investitsiyalarning yuqori darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq
undirmalarining darajasini pasaytirishni taklif etishdi.
Amerikalik iqtisodchi A.Lefferning
Dostları ilə paylaş: